Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 MYeShPOLVON: – Tezroq uzing uzumni, Kuydirmasdan ko‘zimni. OShIQBOLA: – Nafsi buzuq emasman, Behi yemay ketmasman. ChUMAKVOY: – Meni yaxshi boqinglar, Yong‘oqni ko‘p qoqinglar. RAYHON QIZIQ: – Anjirvoyni boplayin, Jig‘ildonga chaplayin. MYeShPOLVON: – Tering besh qop g‘aynoli, Olti paqir shaftoli. OShIQBOLA: – Elliktacha nok bering, Yuvib-netib pok bering. ChUMAKVOY: – Ko‘p yemayman men go‘dak, Anor cho‘zing bir etak. RAYHON QIZIQ: – Olma tushsa tap etib, Yeb qo‘yaman xap etib... – Voy, akang aylangurlar-ey, itdek ochqaganga o‘xshaysizlar-ku,– deb achingannamo bosh tebratdi Mutal-maynavoz. – Qani, qani, mehmonxonaga kiringlar-chi, nasibada borini dasturxondan olganimiz ma’qul. Shunda kabobi sizga, savobi bizga bo‘ladi. «Shunday odamni yomonlab yuribdi-ya», deb o‘ylab, Meshpolvon Rayhon qiziqqa chapya tagidan o‘qrayib qo‘ydi. So‘ng mezbonning quyuq mulozamati, muloyim iltifotidan bahri-dili ochilib, uning ko‘ziga umidvor tikilganicha bir so‘z dedi: Topmasak sizni agar, Ochdan o‘lardik, masalan. Kulcha-yu choy bersalar, Sog‘lik tilardik, masalan. Tuppani qilsak tamom, Kovatok dimlab momom, Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 28 Qo‘ysalar pista-bodom, Ermak qilardik, masalan. Qazini yupqa tilib, Keltiring tarvuz «yulib», Shullani «xo‘r-xo‘r» qilib, Nonni bulardik, masalan. Shavlalar bo‘lgach hazm, Sho‘rno‘xat bermak – rasm, Sut ichib qursak bazm, Shodon kulardik, masalan. Oshpalov kelsa pishib, Chaynasak bodring qo‘shib, Qornimiz meshdek shishib, Yayrab silardik, masalan. To‘rtovlon mehmonxonaga kirishdi, adras ko‘rpachalarga chordana qurishdi. Mutal-maynavoz poygakka cho‘kkalab, yuziga fotiha tortdi, qo‘l qovushtirib «xush ko‘rdik» qildi. – Qani, qani, mehmonlarning qo‘liga suv quyvoringlar, – deya ochiq eshikdan tashqariga bo‘ylandi u. Ikkita g‘ulom 12 zipillaganicha kirib keldi. Ularning qo‘lida hech vaqo bo‘lmasa ham, nimanidir ushlab turgandek ehtiyotkorona qadam bosishardi. Birinchi g‘ulom Meshpolvonga yaqinlashib, o‘zini o‘ng qo‘lida oftoba, chap qo‘lida chilopchin tutgandek ko‘rsatdi, «qo‘lni chayqasinlar», deya qaddini egdi. Meshpolvonning bir jahli chiqib, bir go‘layib, buning chinmi-hazilmi degandek g‘ulomga ziyraklanib tikildi, uning jiddiy va itoatkorona qiyofadaligini ko‘rib, battar merovlandi. Mutal- maynavoz: «Chilopchinni pastroq tutsang-chi, mol!» – deb g‘ulomni jerkib bergach, hammasi rost shekilli deb ko‘rinmas chilopchinning ustiga qo‘l cho‘zdi. G‘ulom uch marta suv quygandek qiliq qildi. Ikkinchi g‘ulom «sochiqni olsinlar», deya unga quruq qo‘lini uzatdi. Boshqalar ham noqulaylikdan qizarib-bo‘zarganlaricha qo‘l chayqagan bo‘lishdi. Shundan keyin birinchi g‘ulom dasturxon yozayotgandek harakat qildi, cho‘ri qizlar esa o‘zlarini barkash ko‘targandek ko‘rsatib, qatorlashganicha kirib kela boshlashdi. Mutal-maynavoz: «Mayizlarni buyoqqa qo‘y. Sho‘rdanakni naryoqqa sursang-chi», deb dasturxonchi g‘ulomni tergab turdi. Hatto cho‘rilardan birini «uzumni toza yuvmabsan» deb yo‘q barkashi bilan orqaga qaytarib yubordi. Go‘yo non sindirgan bo‘ldi. Keyin choy quyib uzatayotgandek bo‘m-bo‘sh qo‘lini mehmonlarga bir-bir cho‘zib chiqdi. Deyarli butun hayoti turli tahqirlashlarga chidash bilan o‘tgan Rayhon qiziqning bosiqligi qo‘l kelib, tezda esini yig‘ib oldi, o‘zini allanarsaga non botirib yeyayotgandek, choyni xo‘rillatib ichayotgandek qilib ko‘rsatdi. – Manavi shinni bedanatutnikimi deyman? – beparvo turib Mutal-maynavozga savol berdi u. – Topdingiz, mehmon, topdingiz, – deb odob bilan ta’zim qildi Mutal-maynavoz. – Ana shu holvoytarniyam bir yalab ko‘rmadilar-da. Shundan keyin boshqalar ham Rayhon qiziqqa qo‘shilib, ersak-tersak kavshanishga tushishdi. Quruq kavshangani sari Meshpolvonning ichaklari kuchliroq achishib, tomog‘iga so‘lak tiqila 12 Ғулом – хизматкор, қул. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling