Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
mendek pahlavonning shogirdlari bo‘lishsa-yu, odam qurib ketgandek, sizni savalaymizmi?», - deya 
so‘zni ko‘pirtirib berdi: 
Duvol uchrasa buzib o‘tdim, 
Zanjir uchrasa uzib o‘tdim, 
Bo‘ri uchrasa ezib o‘tdim, 
Ko‘ldan baqadek suzib o‘tdim, 
Tog‘dan achchig‘im qo‘zib o‘tdim, 
Cho‘ldan qumg‘ondek qizib o‘tdim, 
Suvsiz sahrodan bezib o‘tdim, 
Tulkidek junim to‘zib o‘tdim, 
Izimni qumga chizib o‘tdim, 
Dashtda quyondan o‘zib o‘tdim, 
Qulog‘ini bir cho‘zib o‘tdim, 
Yuzlab qishloqni kezib o‘tdim, 
Oshning hidini sezib o‘tdim... 
– Mayli, ukavoylar, urmasanglar ixtiyor o‘zlaringda, – dedi chol. – Lekin, baribir qiziq ish 
qilyapsizlar. Shu yerda bolalikdan berisiga o‘tkinchilarni mazaxlab kelayotgan bo‘lsam, hali biron 
marta kaltak yemasdan qolmaganman. Mana, yuzimdagi chandiqlarni ko‘rib turibsiz, bular 
badanimdagilarning mingdan biri xolos. O‘nta barmog‘imdan sakkiztasi qiyshiq, o‘ttiz ikki tishimni 
o‘ttizimdayoq to‘kib bo‘lishgan, qo‘l-u oyoq, umurtqa-yu qovurg‘alarimning sinmagan bo‘g‘ini 
qolmadi. Labim to‘la tirtiq, jag‘im o‘ynoqi, burnim qiyshiq, chap qulog‘imning pardasini yirtishgan. 
G‘o‘dayganlarni mazaxlash arzonga tushavermas ekan. 
Keyin pakana chol xususan kimlarni masxaralab emaklatganini zavq-shavq bilan sanay ketdi. 
Ularning orasida mug‘ambir baqqol-u dallollardan tortib, qassob-u jallod, hudaychi-yu ponsod, 
mirshab-u qozi, bek-u nozir, hatto taniqli saroy arboblarigacha bor edi: 
Yulg‘ich zoti ko‘p dunyoda, 
Ochko‘z undan ham ziyoda, 
Xoh otdadir, xoh piyoda, 
Barin kulib emaklatdim. 
O‘tdi bundan o‘g‘ri-kazzob, 
Ukasini shilgan qallob
O‘tdi allop, o‘tdi jallob, 
Jilib-jilib emaklatdim. 
Qulga qo‘shib zo‘r quldorni, 
Gadoni-yu va puldorni, 
Savodsiz-u ilmdorni 
Ipga ilib emaklatdim. 
Berar bo‘lsang la’l-u zarni, 
El sotishga rozilarni – 
Bek, savdogar, qozilarni 
Bag‘rin tilib emaklatdim. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling