Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
– Narsalarni egalariga qaytaramiz, – deb e’tiroz bildirdi Oshiqbola. – Ular kambag‘al odamlarniki. 
Meshpolvonning birdan jahli qo‘zib o‘shqirdi: 
– Mingpodaliklar Sepkilshohga o‘zlari sotilgan. Baloni olishsin! 
Hozir uning dilida kechayotgan so‘zlarni misralarda ifodalashga urinib ko‘raylik: 
Boqma boy-u nochoriga, 
Qo‘shma odam qatoriga, 
O‘z yurtining attoriga – 
Sotqinlarga rahm qilma. 
Molasidan uyalmagan, 
Dalasidan uyalmagan, 
Bolasidan uyalmagan 
Sotqinlarga rahm qilma. 
Urushmasdan asir tushib
Bir-biridan endi cho‘chib, 
Yuraversin rangi o‘chib, 
Sotqinlarga rahm qilma. 
Yov soqolin yulolmagan, 
O‘qlov bilan sololmagan, 
Mendan o‘rnak ololmagan 
Sotqinlarga rahm qilma. 
– Qoningni qaynatmasdan turgin,–deya Meshpolvonga tanbeh berdi mazang kampir. – O‘rtog‘ing 
to‘g‘ri aytgani shuki, odamlarda ayb kam, yurtni amaldor sotadi. Karvondagi mullajiringlarni 
kambag‘allarga qaytib topshir. Mazanglarning boyligi yo‘lda, bizga ot bilan tuyalarni savg‘o qilsanglar 
bo‘lgani. 
Maslahatlashib, oxiri bir qarorga kelishdi. Mahallalarga ikki kishi-ikki kishidan taqsimlanib
ertalabgacha boyliklarni beva-bechoralarga tarqatib chiqadigan bo‘lishdi. 
– Nevaram Chumakvoy san pahlavon bilan birga borsin, – tuppakchi bolani Meshpolvonga ro‘para 
qilib dedi mazang kampir. – Sandan aql o‘rganadi. 
Ikkovlon o‘zlariga tegishli mahallada tomma-tom yurib, qopchiqdagi tangalarni mo‘rilardan 
tashlab ketishaverdi. Mahalla oxirlab qolganida oy botib, u yer-bu yerdan xo‘roz qichqiriqlari eshitila 
boshladi. 
Ular pastakkina tuproq tomga chiqishganda, «tamom, mahalla shu yerda adog‘ bo‘ldi», deb 
pichirladi Chumakvoy. Shu payt mo‘ridan dag‘dag‘ali ovoz yangradi: 
Ketamiz dedimmi, ketamiz! Kechdim bunaqa egasi betayin yurtdan! 
Endi keksa ayolning: «Ota yurtingdan ketib, qaergayam sig‘arding?» – degan titroq tovushi 
eshitildi. 
– Qanaqa ota yurt? Sepkilshohning tomorqasi-ku bu. Nimani xohlasa, shuni qiladi. 
– Chidab tur, bolam. Bu kelgindilargayam xudo bordir. 
– Qani o‘sha Xudo?– deb shang‘illadi o‘g‘il.– Nega yurtimni ozod qilmayapti? 
– Shakkoklik qilma, tiling kesilgur! 
«Oshiqbola to‘g‘ri gapirgan ekan, – deb o‘ylab qo‘ydi Meshpolvon. – Mingpodaliklarning 
hammasiyam sotqin emas shekilli». 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling