Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 Meshpolvon larzanglab borib, jallodning qo‘lini changalladi. Uni qattiq qismoqchidek «Hayt!» deb qichqirgan paytda ilon begona kaftni chimillatib chaqib oldi. Barzangi bir dodladi-yu, shilq etib tushganicha nafasi to‘xtadi. Meshpolvon g‘olibona qiyofada atrofga alangladi. Nahang o‘lponchi so‘rrayib, sarbozlar angrayib, mazanglar dong qotib turganini ko‘rdi. Birgina Oshiqbola odatdagidek xotirjam edi. – Shunday mutaxassisni nima qip qo‘yding? – deya achinib baqirdi Nahang o‘lponchi. – Bunaqa vahshiy endi yo topiladi, yo topilmaydi. Ikkinchi jallodning barmoqlari kaftda bo‘g‘izlanib, tumshug‘i to‘ng‘izlanib, vahimalar tog‘ini Meshpolvonning ustiga ag‘dargudek bo‘ldi: – Kunim bitdi deyaver, bola. Qo‘lingni uzib, itlarga beraman. Oyog‘ing hakkalarga hakaltayoq bo‘ladi. Kindigingni sug‘urib, buzoqqa chilvir qilaman. Qulog‘ingdan parrak, burningdan hushtak yasayman. – Ko‘p kerilma!– dedi Meshpolvon. –Peshanangga bitta chertsam, pitillab qolasan. – Men pitillaymanmi?– deb na’ra tortdi ikkinchi jallod. – Mana, chertvol! Armonda ketma! U g‘ijinganicha peshanasini tutgan chog‘da Meshpolvon chap qo‘ynidagi ilonni turtib: «Ko‘zingni och, Puka!» – deb shivirladi. Puka asta o‘rmalab, yengining uchiga kelganini sezganidan so‘ng, dabdaba bilan raqibiga yaqinlashdi. – Mayli, odamgarchilik qilib chap qo‘limda chertaqolay,– dedi u. – O‘ngida chertsam, kallang uchib ketmasin. Shunday deya «Hayt!» deb jallodning peshanasiga chertdi. Yeng ichidan boshini chiqarib turgan ilon zaharli tishini kallaga botirdi. Jallod aravadan tashlangan to‘ngakdek oyog‘i osmondan bo‘lib yerga ag‘anadi. Mazanglar ham, sarbozlar ham baravar: «Vo-o-h!» deb yuborishdi. Shundan keyin Meshpolvon sarbozlarga mayda hasharotlarga qaragandek qarab, gapni gupirtirishga tushdi: – Hov, hani-hunilar! Meni tanimayapsanlar shekilli? Yuz tomonga dong‘i ketgan dahshatli Meshpolvon – menman. Senlarga o‘xshagan chittak-pittaklar minan pachakilashishga vaqtim yo‘q. Kuch sinashmoqchi bo‘lsanglar, ana, shogirdim Oshiqbola turibdi, Go‘ro‘g‘libekning chevarasi bo‘ladi, shu bola minan urishaveringlar. Ilonlarning zahari tugab, Meshpolvon noiloj qolganini sezgan Oshiqbola bir sakrab G‘irotga mindi. Qilichini sug‘urib, sarbozlarning ustiga hayqirganicha ot soldi: Kelavergin taraf bo‘lsang, Mendan gina qilma o‘lsang, Go‘ro‘g‘libek bobom, bilsang, Qilichida mundoq chopgan. Senlarga sal beray saboq, Boshlar bilan uchsin papoq, Qarindoshim Avaz baboq 9 Qilichida mundoq chopgan. Opoq otam Hasan polvon Urushganda bo‘lib qoplon, Qonxo‘rlarni qo‘ymay omon, Qilichida mundoq chopgan. 9 Бабоқ хўроз демоқчи. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling