Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
Undan ko‘ra, biz bilan yuringlar, tunning gashtini yalangda suringlar, soy bo‘yida bazm qilamiz, 
yeganimizni ajriqda dumalab hazm qilamiz», dedi. Ikkovlon bir zum paysallanib turishgach, 
qimmatbaho molimiz yo‘q, birovdan xavfsiraydigan holimiz yo‘q, deyishib mazanglarga ergashishdi. 
* * * 
Bu ko‘chmanchilar shahar chetidagi soy sohiliga makon qurishgan ekan. Borib, o‘tloq joyga davra-
davra bo‘lib o‘tirishdi. Har kim himmatiga yarasha narsa olib kelib, o‘rtaga to‘kaverdi. 
Meshpolvon tekin ziyofatdan suyunib, endigina yeng shimarmoqchi bo‘lib turgan ediki, ot 
tuyoqlarining dupur-dupuri eshitildi. Qosh qoraya boshlagani tufayli, qandaydir otliq to‘da shu yoqqa 
yaqinlayotganini ham ilg‘amay qolishibdi. 
Ot ustiga o‘rnatilgan ulkan tarvuzni eslatuvchi baqaloq kishi birinchi bo‘lib do‘ng ortidan chiqib 
keldi. 
– Bu Nahang o‘lponchi,– deya u tomonga ishora qildi o‘yinchi kampir.–Soliq to‘plab yuribdi. 
...Voy, o‘yinqaroq kitobxonlarim-ey, hali soliqning nimaliginiyam bilmaymiz deng? Juda 
baxtlisizlar-da! 
Dunyoda zo‘rlab olinadigan soliqdan rasvo narsa yo‘q. Masalan, aytaylikki, bobongizning 
bobosidan meros qolgan besh tanob yeringiz bor. Ana shu yerga o‘zingiz chilla suvi berib, o‘zingiz 
haydab, o‘zingiz o‘g‘it solib, o‘zingiz mola bosib, o‘zingiz urug‘ sochasiz. Ariq tozalash-u ekin 
sug‘orish ham o‘zingizning bo‘yningizda. Yugurib-elib, bug‘doyniyam pishirib olasiz. Keyin o‘rasiz, 
bog‘laysiz, to‘playsiz, xirmonga tashib chiqasiz, yoyasiz, birovning ho‘kiziga haq to‘lab yanchiysiz. 
Donni poxoldan ajratib olgach, uni shamolga shopirib saralaysiz. Ana endi g‘allani qopga solsangiz 
ham bo‘laveradi. 
Bug‘doy o‘n qop chiqdi deylik. Unga qarab, kallada xomcho‘t qila boshlaysiz: tegirmonga olib 
borsam, taxminan shuncha un bo‘ladi, shunchasi tegirmonhaqiga ketadi, shunchasini non yopib 
yeyishga ajrataman, shunchasini sotib, ro‘zg‘orga shu-shu narsalarni olaman... 
Birdan fikringiz chalkashadi, bu bug‘doylardan kelasi bahorda ekishga urug‘lik asrab qo‘yish 
yodingizdan ko‘tarilganini fahmlaysiz. Hisob-kitobni qaytadan boshlamoqchi bo‘lib turganingizda, 
dabdurustdan poshsholikning odamlari kelib qoladi, bug‘doylarni Sepkilshohga qarashli yerlarda 
o‘stirding, endi haqini cho‘zib qo‘y, deyishadi. 
O‘z mehnatingiz bilan o‘z yeringizda yetishtirgan hosilingizning poshsholik uchun olinadigan 
o‘sha qismi «soliq» deyiladi, uni undirib ketadigan kishilarni esa «soliqchi» yoki «o‘lponchi» deb 
qarg‘ashadi. 
O‘lponchi insof qilsa, bug‘doyingizning yarmini, insof qilmasa, o‘n qopdan yetti-sakkiztasini olib 
ketaveradi. Bug‘doyning o‘rniga pul beraman desangiz ham yo‘q demaydi. 
Poshsholar-u amaldorlar kimlar-u nimalarning hisobiga kun kechirishini endi bilib olgandirsiz? 
Ular shunaqa, o‘zini boqayotgan odamlarning xok-poyini ko‘zga surtish o‘rniga, ularga zo‘rlik 
qilishadi, aldashadi, o‘lay deb topganini talab ketishadi... 
Nahang o‘lponchi Sepkilshohning moldek fahmsiz, bo‘ridek rahmsiz soliqchisi edi. Podishoh o‘n 
xil soliq solsa, u yana uch xilini qo‘shar, besh tangadan to‘plab kel desa, odamlardan olti-etti tangani 
shilib olardi. 
U har safargidek yigirmata maishatparast sarbozi, ikkita kalxatfe’l jallodi bilan Mingpodaga kelib, 
birovni qo‘rqitib, birovni darrada kaltaklatib, qaysarini dorga osdirib, poshsholikning xilma-xil 
soliqlarini yig‘ib qaytayotgan edi: yer solig‘i, suv solig‘i, uy solig‘i, mol solig‘i, o‘tin puli, tutun puli, 
eshak puli, kesak puli... 
Bulardan cho‘ntakka urib qolgani yetmagandek, Nahang o‘lponchi salla solig‘i bilan ishton 
puliniyam o‘zicha qo‘shib qo‘ygandi. Soliqchilar kelgandan keyin bu yurtda sallaliklar soni keskin 
kamayib ketgan bo‘lsa-da, ammo ishton pulidan hech kim qochib qutulolmadi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling