Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
Yerga chizib «chizma-chiziq», 
Sopol surish undan qiziq. 
O‘ynamagan bo‘lsang «Dasta»
2

Demak, mendan zarbing past-da. 
«Hammom pishdi» besh yoshga mos
O‘n yoshgacha hayinchak os. 
Katta bo‘lib qoldik endi, 
Bizga bopi – «eshak mindi». 
Bilmayman deb jahlim qo‘zma, 
Axir, mashhur «Quloqcho‘zma»
3
– 
Kam emasdir ulog‘ingdan, 
O‘t chaqnaydi qulog‘ingdan. 
Hammasini qiyoslab ko‘r, 
«Mo‘ri-mo‘ri» o‘yini zo‘r. 
Bordir yana «Bekinmachoq», 
Eng qaltisi – «Urshapaloq»
4

Qilar seni ovchi, jangchi: 
«Yoppa kurash», «Sholi yanchi», 
«Pichoq sanchar», «Sopqon otdi», 
«Kamand chirmash», «Arqon tortdi». 
Aralashsa agar qizlar, 
Kelin-kuyov saylab bizlar
O‘ynar edik «Xola quchgan», 
Kimki sovchi – qo‘lga tushgan. 
Bo‘shang qizni qilar qoqvosh 
«Hakalakam» minan «To‘ptosh». 
Ayniqsa til qayrar juda 
«Oling, quda-bering, quda». 
O‘ynaganlar «Oq-ko‘k terak»
5

Chopa olar naq pirpirak. 
Yetti pushtdan qolgan meros 
«Halov, tuya», «Tojixo‘roz»... 
E, bularni kim bilmabdi, 
Bu dunyoda tug‘ilmabdi. 
Oshiqbola nafsi o‘tkir yo‘ldoshining bidirlashlariga befarq quloq solib turgach, qovoq-tumshug‘i 
osilib so‘radi: 
– Buqoqning davosi nima, deyapman? Yo xurjunim bo‘shamaguncha aytmaysanmi? 
– Buqoqmas bu, – deb nihoyat asosiy gapga o‘tdi Meshpolvon. – Buni tepki deyishadi. Davosi 
oson: ikkita kulchami, to‘rtta olmami, oltita varaqimi – nimaniki topsang, hisobini juft qilib, egizak 
tuqqan xotinning uyiga borasan, qo‘lingdagini berib, dardingni aytasan. Yegan og‘iz uyalar degan gap 
2
Даста–чиллак ўйини. 
3
Қулоқчўзма–тўйларда шундай ўйин бўларди: катталардан бирови рўмолчага танга тугиб, болаларнинг ўртасига ташлар, 
рўмолчани паккага элтган бола тангаларни оларди. Шериклари йўлда тутиб олишса, рўмолчани ташламагунча қулоғини 
чўзишаверарди. 
4
Уршапалоқ ёки муштум-шапалоқ–бирон бола ўнг қўлида қулоғини тўсиб, чап кафтини қўлтиғига тескари қўйиб 
туради. Орқадагиларнинг бири уради, ҳамма «мана, мана», деб бақиради. Долвой бола урганни топса, ўзининг ўрнига 
тургизади. 
5
«Оқ-теракми, кўк терак» ўйини. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling