Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 Chapya menga toj, Yo‘lni to‘sma, qoch, O‘zi qornim och. Buni eshitgan asilzoda o‘spirin Meshpolvonga masxaraomuz tikilib, otdan xachirga bukilib, so‘roq-qistovini boshladi: Tappaytirib burningni, Qappaytirib qorningni, Qayoqlarga ketyapsan? Och qarg‘adek donsirab, Nortuyadek hansirab, Qayoqlarga ketyapsan? Tuksiz kallangni ochib, Miyang qatiqdek achib, Qayoqlarga ketyapsan? Sahroda, tap-taqirda, Uch oyoqli xachirda Qayoqlarga ketyapsan? Meshpolvon o‘ziga gard yuqtirgisi kelmay, kalaka qilinayotganini go‘yoki sezmay, jiddiy turib javob qildi: Yo‘lga chiqsam, asosim bor, Sepkilshohda qasosim bor. Elimni u talab o‘tdi, Asalimni yalab o‘tdi, Kallalardan qasr qildi, Ko‘pchilikni asir qildi. Pahlavonim dadam – unda, Mehribonim onam – unda. Borib ozod qilayin deb, Enamni shod qilayin deb, Qo‘g‘irmoch yeb, kuchni to‘plab, Yo‘lga tushdim kaftga tuflab. Bu gapdan keyin dimog‘dor o‘spirinning birdan qiyofasi o‘zgardi, «kechir meni, birodar, dardingni so‘ramasdan turib qattiq tegib qo‘yibman», deya otdan tushdi. Kelib, Meshpolvonga do‘stona qo‘l uzatdi. – Endi og‘a-ini bo‘lamiz, – dedi u ochiq chehra bilan boqib. – Yo‘limiz bir ekan. Meni otim Oshiqbola. – Meni to‘g‘rimdagi shov-shuvlarni eshitgandirsan, – deb bo‘yin shishirdi Meshpolvon. – Oltiariqdan chiqqan dahshatli Meshpolvon menman. – So‘ng afsuslangandek bosh tebratib, qo‘shib qo‘ydi. – Seni noming qulog‘imga chalinmagan ekan. He, attang... Meshpolvon shu gerdayganicha o‘zidan quvonib turaversin. Biz uni picha tinch qo‘yib, Oshiqbola Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 9 bilan yaxshiroq tanishib olaylik. Download 411.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling