Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Nahang o‘lponchidan so‘ng do‘nglikda ikki barzangi jallod, yuk ortilgan tuyalarni qo‘riqlab 
kelayotgan qora papoqli sarbozlar paydo bo‘ldi. 
– Qimirlamay tur hammang! – deb do‘q urdi Nahang o‘lponchi mazanglarga yaqinlashayotib. 
Sarbozlar o‘tirganlarni tezda qurshab olishdi. 
– Hoy, sandan oynanay, – deya o‘rnidan turib o‘lponchiga yuzlandi o‘yinchi kampir. –Qo‘lida eski 
chirmanda, cho‘ntagi quruq sharmanda lo‘lilar bo‘lsak. Bizdan nimani istaysan? 
– Gapni ko‘paytirma, – deb o‘shqirdi Nahang o‘lponchi. – Chirmanda pulini yaxshilikcha to‘lab 
qo‘y. 
Mazang kampirning ko‘zlari chaqchaydi. «Yetmish yil sang‘ib, sakson mamlakatni ko‘rdim. Lokin 
chirmandaga soliq solganlarini birinchi bo‘lib san muttaham aytding», deya bir so‘z dedi: 
Soliq solding yerimga, 
Qo‘ydan shilgan terimga, 
Soyda yuvgan kirimga
Chirmandamga yopishma. 
Olding ko‘chat pulini, 
Olding ko‘kat pulini, 
Olding no‘xat pulini, 
Chirmandamga yopishma. 
Bo‘kish puli so‘rading, 
Cho‘kish puli so‘rading, 
So‘kish puli so‘rading, 
Chirmandamga yopishma. 
Qizlar to‘lar xol puli, 
Kampir to‘lar chol puli, 
Chol to‘lar soqol puli, 
Chirmandamga yopishma. 
Duvol puli ber deding, 
Ro‘mol puli ber deding
Shamol puli ber deding, 
Chirmandamga yopishma. 
Ariq puli to‘ladik, 
Sariq
8
puli to‘ladik, 
Choriq puli to‘ladik, 
Chirmandamga yopishma. 
O‘ylab topding qor pulin, 
O‘ylab topding dor pulin, 
O‘ylab topding or pulin, 
Chirmandamga yopishma. 
8
Сариқ касаллиги демоқчи. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Soliq solding tushga ham
Soliq to‘lar ishtaham, 
Kelib endi, muttaham, 
Chirmandamga yopishma. 
Nahang o‘lponchining birdan fig‘oni falakka chiqib: «Kim muttaham? Hozir seni o‘lponga olingan 
echki hisobida go‘shtga tortaman», deganicha kampirga dag‘daga qila ketdi: 
Hap senimi, lo‘li kampir, 
Tish o‘tmagan eski chandir, 
Gap bilan jon olgan ombir
Seni go‘shtga tortish kerak. 
Bordir poshsho chizgan chiziq, 
Tan olmading uni, qiziq, 
O‘y-maqsading juda buzuq, 
Seni go‘shtga tortish kerak. 
Chiqib kelib shitob bilan, 
Fitnanamo xitob bilan
Gap talashding arbob bilan, 
Seni go‘shtga tortish kerak. 
Qachongacha semirasan, 
Soliq bermay kemirasan, 
Mamlakatni yemirasan, 
Seni go‘shtga tortish kerak. 
Nahang o‘lponchi kampir tarafga imo qilib, mo‘ylovini qimirlatdi. Jallodlar otdan tushib, 
qo‘llaridagi so‘yilni havoda vizillatgan kuyi o‘yinchi kampirga yaqinlasha borishdi. Mazang yigitlar 
chaqqonlik bilan o‘rinlaridan turib, kampirning atrofini o‘rab olishdi, yeng shimarib, musht-mushtga 
shaylanishdi. Jallodlardan biri oldinroqdagi chayir o‘smirning o‘siq sochidan tutamlab, boshdan 
oshirganicha orqaga uloqtirdi. Buni ko‘rib, sarbozlar qah-qah urib kula boshlashdi. 
Dadasi gohida Meshpolvonga: «Odamxo‘r jalloddan qo‘rqma, ahmoq do‘stdan qo‘rq», deb uqtirar, 
so‘ng bu gapini izohlab: «Ahmoq odamlar og‘machi, og‘machilar ta’magir, ta’magirlar xaromxo‘r 
bo‘lishadi. Xaromxo‘rlarni qarmoqqa ilintirish oson, g‘animlaring undan chayon yasab, paytavangga 
tashlashadi. Paytavadagi chayon esa seni kutilmaganda chaqishi bilan jalloddan ming marta xavfli», 
derdi. Qiziq! Ahmoq do‘stning basharasi qanaqa bo‘larkin? 
Meshpolvon dangal oldinga chiqib, lo‘lilarga: «To‘xtanglar!» deb hayqirdi va «bularni menga 
qo‘yib beringlar», deya jallodlarga yaqin bordi. Jallodlardan biri masxaraomuz tirjayib: «Yordam 
beringlo‘-o‘-r!» - deb atrofga alangladi. Ikkinchisi ham: «Alpomishga uchradik-ku, voy dod!» - deya 
askiyaga qo‘shildi. 
– Tayyor tur, Chika!– deb shivirladi Meshpolvon o‘ng qo‘ynidagi ilonni turtib. Ilon yengdan 
o‘rmalab borib, boshini uning kaftiga suykay boshladi. – Rostdanam juda zo‘rmisan? – dedi 
Meshpolvon endi birinchi jallodga pisandsiz boqib. – Oldin bir qo‘l qisishib ko‘rmaymizmi? 
– Ie, shunaqami hali? – deb hingilladi jallod. Keyin osmonga tikilganicha beparvo qo‘l uzatdi. – 
Ma, bir uqalab qo‘y. 
Bu hangomani kuzatib turgan sarbozlar Nahang o‘lponchiga qo‘shilib, yayrab-yayrab kulishdi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling