Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
bor. Xotin hamma ishini tashlab qo‘yib, kallangni po‘saxonaga
6
midib
7
yotqizadi, shishgan joyingga 
yalang oyog‘i bilan yetti marta tepadi. Bir haftadan keyin sen ko‘rmading, men ko‘rmadim bo‘lasan. 
Oshiqbola indamay otiga qamchi urdi. Meshpolvon ham xachirini oldinga qistab, sevimli 
qo‘shig‘ini xirgoyi qila boshladi: 
Olma yedim baqalog‘idan, 
Gilos yedim chaqalog‘idan, 
Anjir yedim yapalog‘idan, 
Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... 
Ular turtinib-surtinib, talay yo‘l bosishdi. Egizak bolali xotin uyoqda tursin, qarg‘ish tekkan bu 
sahroda biron-bir tirik jonning o‘zini uchratish amrimahol edi. Shunga qaramay, Oshiqbolaning 
bo‘ynidagi shish bir haftada o‘z-o‘zidan qaytib ketdi. 
* * * 
Xayriyatki, sahroning naryog‘i Meshpolvon o‘ylaganidek, «er tugagan joy»ga borib taqalmas ekan. 
Avvaliga yakka-chekka ovullar uchrab, oxiri kattakon daryoning bo‘yidan chiqib qolishdi. Qirg‘oq 
yoqalab borib, kechga yaqin Mingpoda shahriga duch kelishdi. Yo‘ldagi ovullarda mehmon bo‘lish-
ganda, mingpodaliklar Sepkilshohga o‘z xohishlari bilan bo‘ysunib, daryodan quyidagi yerlarni 
talashiga yo‘l ochib berishganini cho‘pon-cho‘liqlardan eshitishgan edi. 
Qo‘sh-omoch arang siqqulik tor ko‘chalarida har xil chuqur qazilgan, qurumli gumbazlariga 
o‘rgimchakto‘r osilgan, devorlari nuragan, g‘ijirloq darvozalari moy so‘ragan bu shaharda ikkalasi 
karvonsaroy qidirib ancha sarson bo‘lishdi. Birov itmisan, bitmisan demadi. Hamma o‘z ishini bitirish
o‘z nafsiga qayg‘urish bilan band edi. 
Begona-ku – begona, bu yerning odamlari hatto bir-biriga ham oqibatsizligi shundoqqina ko‘rinib 
turardi. Agar yaqin tanishlar uchrashib qolsa, birovi bosh qimirlatsayam obro‘yi to‘kiladigandek, 
shunchaki qosh uchirib qo‘yar, unisi bezrayganicha sal qovoq yumib alik olardi. Qarama-qarshi 
darvozalardan ko‘chaga teng chiqib kelgan qo‘shnilarning biri g‘o‘dayib ko‘z qissa, ikkinchisi jiyinib 
mo‘ylov uchirardi. Dushman ularni hech bir qiyinchiliksiz tobe etib, endi osongina tizginlab 
yurganining boisi ham shu bo‘lsa kerak. 
Faqat bolalargina g‘alati qurollanib, ho‘kizteri yopingan jangchini alohida qiziquv bilan tomosha 
qilishib, ko‘chama-ko‘cha ergashib borishdi. 
Yo‘llar torligi uchun ulovlar oldinma-ketin yurar, otning tuyog‘i taratgan changdan 
Meshpolvonning tomog‘i qichishib, xachiri ham nafasi qaytayotgandek tinimsiz bezanglardi. 
«G‘irot bo‘lsang o‘zingga!– deya tixirlandi Meshpolvon. – Xumbosh egang izzatini bilib, orqada 
yuraversa o‘larmidi?» 
Oldda doim asilzoda, 
Qolgan odam go‘yo poda. 
Mayli, oldda yursa yursin
Biroq changitgani qursin. 
Achishadi tanglay-tomoq, 
Ko‘zlaringga to‘lar tuproq. 
Yo‘l qayoqda, ko‘rolmaysan, 
Jilovniyam burolmaysan. 
6
Пўсахона – остона. 
7
Мидиб – ёпиштириб, жипслаб. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling