Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
* * * 
Sepkilshohning soliqchilari boplab jazolanib, karvondagi boyliklar mingpodalik kambag‘allarga 
tarqatib chiqilgach, Meshpolvon bilan Oshiqbola tuya va otlarni mazanglarga berib, xurjunlarini yeb-
ichgulik narsalarga to‘ldirib, yo‘lga shaylanishdi. Oshiqbola Meshpolvonga: «O‘lja tushgan otlardan 
bittasini minib olsang-chi», degan edi, Meshpolvon: «Xachirni qo‘shnimga sog‘-omon qaytarmasam, 
omonatga xiyonat bo‘ladi», deb ko‘nmadi. 
O‘yinchi mazang kampir bu orada Chumakvoyni qo‘shxurjunli tuyaga o‘tqazganicha yetaklab 
kelib, yana «pahlavonlar ustozi»ga ro‘para qildi. 
Shuni manga layzon
11
qilib ber, pahlavon Mesh, – dedi u. – O‘lsa, yo‘lning bo‘yiga ko‘mib, 
go‘riga tuppagini os. Ajabmas, uni topib, ziyorat qilsam. 
Meshpolvon odatdagidek maqtanib yuborganini o‘zi bilmay qoldi: 
– Tashvishlanmang, lo‘li xola, biron yil yonimda yursa, suvda baliqni quvib ushlaydigan qip 
qo‘yaman. Ana, Go‘ro‘g‘li boboning chevarasi menga qo‘shilib, kam bo‘ptimi? 
Uchalasi mazanglar bilan quyuq xayrlashib, yo‘lga chiqishdi. So‘qmog‘i o‘nqir-cho‘nqir, o‘pqoni 
sayoz-chuqur, maysasi qovjiroq, shamoli buqadek hirqiroq dashtda past-baland bo‘lib borishaverdi. 
Meshpolvon tuyasini lo‘killatib ketayotgan Chumakvoyga zimdan tikilib: «Xayriyat-ey, kalondimog‘ 
Oshiqboladan balandroqda yuradiganlar ham bor ekan-ku», deb ich-ichidan quvonib qo‘ydi. 
– Tuyaga nega ikkita xurjun o‘ngarding?– deb so‘radi so‘ng Chumakvoydan. – Shular hammasi 
ovqatmi? 
Chumakvoy: «Yo‘q, jo‘ro, bittasiga tuyilgan qalampir bosdim. O‘qsiz tuppak bilan qaysi ahmoq 
urushga boribdi?» – deya qo‘lidagi qurolini ta’riflashga tutindi: 
Topsa agar bir masov, 
Nay bo‘lardi bu g‘arov, 
Endi mendan ham asov 
Qo‘lda turgan tuppagim. 
O‘zi go‘yo qalamdir, 
Yoqtirgani – qalampir
Boshqa ovqatni bir-bir 
Chetga surgan tuppagim. 
Birga-birga el kezib, 
Dardlarimni tez sezib, 
Yuragimni goh ezib
Suhbat qurgan tuppagim. 
Birovga dil yashnatar, 
Birovga o‘q sachratar, 
Do‘st-dushmanni ajratar 
Ko‘pni ko‘rgan tuppagim. 
Chiqdi juda nozikta’b, 
Suygan yog‘i – doim chap
Kimki menga otsa gap, 
11
Лайзон ёки лайзонгул– остига қўрғошин қуйилгани боис ирғитиб юборсангиз ҳам тик туриб қолаверадиган қўғирчоқ. 
Уни «диккивой», «мирза диккак» ҳам дейишади. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling