Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Savol bersang, kelmas javob
Yetaklaydi battar shitob... 
Ayting, axir bunday «poyga», 
Boshlab borar oxir qayga? 
Sizga rostin desam, xullas, 
Ergashganga qilmang havas. 
Umr o‘tar bo‘lsa changda, 
O‘lgan yaxshi biror jangda. 
Borib-borib, to‘rtko‘chaga tutashuvchi keng yalanglikka chiqib qolishdi. O‘rtada – suvsiz 
toshhovuz. Hovuz bo‘yidagi qurigan chinor ostida soch-soqoli oshqovoqpalak bo‘lib o‘sgan, chakmoni 
qalandarning paytavasidek to‘zgan, shalvariga mingta yamoq oralagan, oyog‘ining boshmaldog‘i 
chorig‘idan mo‘ralagan haykalsimon bir gadoy ajab-ajab gaplarni aytib, javranib o‘tirardi: 
– Ho‘, odamlar! Jindak aql tashlab o‘ting, o‘rniga tilimni beraman. 
Meshpolvon hech narsaga tushunmay, merovlanganicha Oshiqbolaga qaradi. 
– Ho‘, odamlar! Menga insof berib, jig‘ildonimni olaqoling. Bilaman, baribir sizga insofning 
keragi yo‘q. 
Endi Oshiqbola ham hayratlanib, Meshpolvonga o‘girildi. 
– Ho‘, odamlar! Mayli, burnimni oling, ortiqcha ko‘z-quloqlarni menga topshiring. 
Ikki musofir angraygan kuyi ulovlaridan tushib, gadoyga yaqin borishdi, birin-ketin salom berishdi. 
– Gapni qisqa qilinglar, – dedi gadoy. – Sizlarga o‘pka kerakmi? O‘rniga nima berasizlar? 
Yurakmi? 
Ular nima deyishni bilmay, bir muddat kalovlanib turishdi. Nihoyat Oshiqbola tili tutilib gap 
boshladi: 
– Nega... bunaqa deyapsiz, bobo? 
– Olamdagi eng qimmatli jonzot – odam, – deya shohona qiyofada osmonga qo‘lini bigiz qildi 
gadoy. – Chunki, unda aql bor, idrok bor. Aql-u idrokniyam, farosatniyam ko‘z bilan quloq boyitadi. 
Biz bo‘lsak, burun bilan yashayapmiz, til bilan kun ko‘ryapmiz. Iskovuchmiz! Chaqimchimiz! 
– Bechoraga boringni bergin, – deb shivirladi Meshpolvon, – ochlikdan jinni bo‘pqolay depti. 
Gadoy bu gal ularni quloq solib emas, ko‘zi bilan tinglayotgandek edi. 
– Dunyoda uch xil jinni bor: xalqini talonchilik bilan to‘ydiradigan podsho, podsho nima desa 
ma’qullayveradigan amaldor, shu ikkala jinniga qo‘shilgan fuqaro. 
Gadoy shunday deya ulardan yuz o‘girib, viqor bilan jag‘ini ko‘tardi, bulutlari qizg‘ish osmonga 
qiyalab tikildi. Oshiqbola tulporidagi xurjunni tag-tugi bilan olib kelib, uning oldiga qo‘yayotganda 
ham, ikkovi asta uzoqlashib borayotganda ham, rahmat aytish tugul hatto churq etmadi. Olovrang 
bulutlarga ko‘z qadaganicha toshdek qotib turaverdi. 
Ular gadoyning gapidan hayron lab tishlab, ulovlarining tizginidan ushlab, yalanglikni piyoda 
kesib o‘tishdi, to‘g‘ridagi torko‘chaning boshiga yetishdi. Oshiqbola uzangiga endi oyoq qo‘ymoqchi 
bo‘lganida, Meshpolvon unga burun teshigini do‘layib karilladi: 
Menga qaragin, oshna. To‘g‘risini aytganda, haddingdan oshyapsan. Kimsan – dahshatli 
Meshpolvon bo‘lsam, nomimga yarasha obro‘yim bor. Indamasam, shaharda oldimga tushib yurding. 
Boya gadoygayam men turganda avval sen salom berding. Shuyam ishmi? 
Shu kuyi, Meshpolvonning og‘zidan bodi kirib, shodi chiqaverdi: 
Yurma menga egov bo‘lib, 
Olifta-yu lalov bo‘lib, 
Yoz paytiyam tumov bo‘lib, 
Burning qilib paraq-puruq. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling