Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Yo‘lda turgan ahmoqdan. 
Tangri o‘zi saqlasin 
Ajinafe’l o‘rtoqdan. 
Hojixonajina uning gapini eshitib: «O‘ylab ko‘r. O‘rtog‘im bo‘lsang, seni bu jardan qutqarishim 
mumkin», dedi. 
– Meni xolosmi? Bularni-chi? – deb savol berdi Meshpolvon, sheriklarini ko‘rsatib. 
– Hamma gap shunda-da. Yo ularni deysan, yo meni. 
– E, yo‘q... 
– Shoshilma. Oldin yaxshilab o‘ylab ko‘r. Meni desang, birga borib, Sepkilshoh bilan jang 
qilamiz... 
– Nimaga ketayotganimni sen qayoqdan bilasan? 
– Men hamma narsani bilaman... Xullas, menga qo‘shilsang, ziyon qilmaysan, qo‘limdan ko‘p ish 
keladi. Bularni desang, shu jarda birga o‘lib ketaverasan. Baringni o‘zim yeyman. 
Meshpolvon ikkilanib qoldi. 
«Nima bo‘lgandayam, ota-onamni, kishandagi odamlarni qutqarishim kerak, – deb ko‘nglidan 
o‘tkazdi u. – Oshnachilik deb jarda harom o‘lsam, kimga foyda-yu, kimga ziyon? Umuman, bular kim 
bo‘pti menga? Insof qilib aytganda, tirik qolsam, uchalasigayam yaxshi-ku – Sepkilshohni yengib 
qaytayotganimda hammasining suyagini to‘plab, izzat-ikrom bilan ko‘mdiraman, ustiga sag‘ana 
qurdiraman. Mehr-oqibat shunchalik bo‘lar-da...» 
Keyin birdan o‘zining fikriga o‘zi qarshi chiqdi: 
«Nimalar deyapman, yo tavba! Mabodo, bular biron sabab bilan tirik qolishsa-chi? Unda, 
ko‘zlariga qanday qarayman? Hatto o‘lib ketishgandayam, bir kuni to‘g‘ri gap yuzaga chiqsa, yurtda 
qanday bosh ko‘tarib yuraman? Hali shu ahvolda odamlarni qutqarishga ketyapmanmi? Agar 
qo‘rqoqligimni onam bilib qolsa, meni yaxshi ko‘rmay qo‘yadi, xiyonatkorsan, deydi. Dadam-ku itdek 
kaltaklaydi. Bizni bunaqa isnodga qo‘yib qutqargandan ko‘ra, o‘ldirib qo‘yaqolsang bo‘lmasmidi, deb 
butunlay oq qiladi...» 
Mahallalarida bir baxshi bola bo‘lardi. Sepkilshohning askarlari kelib, uni devorga bostirib 
ketmaslaridan sal ilgari, Meshpolvon undan shunday qo‘shiqni eshitgan edi: 
Anqovlikni oqlash mumkin
Yalqovlikni oqlash mumkin, 
Xiyonatni oqlab bo‘lmas. 
Yulishqoqni oqlash mumkin, 
Qunushqoqni oqlash mumkin, 
Xiyonatni oqlab bo‘lmas. 
Kekkayganni oqlash mumkin, 
Enkayganni oqlash mumkin, 
Xiyonatni oqlab bo‘lmas. 
Gumonchini oqlash mumkin, 
Yolg‘onchini oqlash mumkin, 
Xiyonatni oqlab bo‘lmas. 
Sullalikni oqlash mumkin, 
Tullaklikni oqlash mumkin, 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling