Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 somsafurush birdan jonlanib, «agar malol kelmasa, o‘sha usul ilmidan andak saboq bersalar», deya iltijolandi. – Qornimni to‘ydirsangiz aytaman, – dedi Meshpolvon. «To‘rtta somsani pok-pokiza urvoldi, – deya xayolida hisob-kitob qildi somsafurush. – Juda borsa, yana to‘rtta yeydi-da». Xullas, u shartga rozi bo‘ldi. – Erkaklarni-ku qo‘yib turaylik – deb gap boshladi Meshpolvon. – Biz tomondagi xotinlar savatdek mistog‘oraga besh tandir somsa, ustidan uch qozon qatlama bosib, to‘yga jo‘nashadi. Buning yo‘li mundoq: teshikkulchadek keladigan baxmal chambarak yasaladi, uni boshga qo‘yib, tepasiga tog‘ora o‘rnashtiriladi. Keyin ko‘ribsizki, beli boshmaldoqdek kelinchak ham kallasida bir pud yuk minan besh chaqirim naridagi to‘yga saqich chaynaganicha ketaveradi. Uni it quvib etagini yirtsa yirtadiki, tog‘orasini tushirolmaydi. – Anavini qaranglar-a! – deb angrayib boqdi somsafurush. – Juda ko‘p o‘ylardim, nega kallaning tepasi tappak yasalgan deb. Demak tog‘ora qo‘yishga moslangan ekan-da? Bu orada Meshpolvon xachirdan tushib qorin to‘ydirishga kirishdi-yu, «dars tinglovchi»ning bir kunlik daromadi paqqos qulog‘ini ushlab ketdi. * * * Shu kuyi tez-tez qishloqlar uchrayverdi. Bu tomonlar asosan to‘qayzor bo‘lgani uchun tirikchilik qilish ancha osonlashdi – goh maymanchak terib, goh qo‘ziqorin pishirib, yeb borishaverdi. Bir kuni uzoqdan bahaybat tosh qasr ko‘rindi. Butun boshli ulkan tepalikni egallab yotgan bu qasr ichidagi baland binolarning ganjli guldevorlari, tomi yarqiroq bo‘ychan so‘ppilari yaqqol ko‘zga chalinayotgandi. – Ana, Sepkilshohning hujrasigayam yetib keldik – deb qo‘ydi Rayhon qiziq. O‘sha yoqqa qarab ketishayotganda, shoh qasridan uch-to‘rt chaqirim beriroqdagi do‘nglik ortidan bo‘y cho‘zgan ixchamgina qo‘rg‘onni ko‘rib qolishdi. Panalab borib, yaqinroqdan kuzatishsa, qo‘rg‘onning enlik devori ustida yasan-tusan kiyingan bir gala qiz belini oftobga tutib, tevarakdan tomosha kutib o‘tirishibdi. Shu atrofdagi qishloq bolalari esa ularga pastdan gap tashlab, qo‘y-mol boqib yurishibdi. Bir vaqt to‘rt g‘ildirakli ko‘tak aravaga o‘tin yuklab, «chu, haromi», deya qari qirchang‘isini do‘qlab, yo‘ldan bukri chol o‘tib qoldi. «Bu qanaqa qo‘rg‘on?» – deb so‘rashdi undan. – Qizqo‘rg‘on bu, – dedi bukri chol. Turli o‘lkalardan asir qilib keltirilgan qizlar orasidan esli-hushli, biron hunarga usta, oyoq-qo‘li chaqqon yoki shunchaki chiroyli qizlar tanlab olinib, shu qo‘rg‘onga joylashtirilar, tarbiyachilar ularga xulq-odob, bejirim ro‘zg‘or tutish, qo‘shiq aytish, raqs tushishni o‘rgatishar ekan. Keyin Sepkilshoh har yili katta sayil uyushtirib, uzoq-yaqin yurtlardan kelgan shahzoda-yu bekzodalarga qizlarni namoyish qilib ko‘rsatarkan, mehmonlarga yoqqanini og‘ziga siqqan bahoda kanizaklikka sotarkan. Bukri chol: «E musofir bandalar, noinsof Sepkilshoh taxtga minib, oxirzamonni boshlab kelgan ko‘rinadi», deya kuyinib bir so‘z dedi: Bordir elak bozori, Teshik chelak bozori, Beshik-sumak bozori, Otashkurak bozori, Qanday zamon keldiki, Paydo bo‘lsa qizbozor? Sotiladi qovoqlar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling