Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 Buv esa suv yaratdi Odam somsa yesin deb. Suvlar qirg‘oq yaratdi, Qirg‘oq tuproq yaratdi, Tuproq o‘tloq yaratdi Odam somsa yesin deb. O‘tloqlar don yaratdi, Donlar dehqon yaratdi, Dehqon xirmon yaratdi Odam somsa yesin deb. Xirmon sabr yaratdi, Sabr xamir yaratdi, Xamir tandir yaratdi Odam somsa yesin deb. Tandir qalov yaratdi, Qalov olov yaratdi, Olov ko‘sov yaratdi Odam somsa yesin deb. Ko‘sovlar kul yaratdi, Kul kuyik dil yaratdi, Kuyik dil pul yaratdi Odam somsa yesin deb. Meshpolvon somsaning yaralish tarixini tinglab bo‘lgach, afsusnamo lab jimirib dedi: – To‘g‘risini aytsam, jon-jon deb yerdig-u, birlamchidan, bu yurtning puli qanaqaligini bilmaymiz. Ikkilamchidan, bilganimizdayam, cho‘ntagimizda hemiri yo‘q. Somsafurush Meshpolvonning belidagi chilvirga qistirilgan daskallaga suqlanib: «Anavi xanjaring qiyma chopishga juda bop ekan. Shuni sovg‘a qilsang, hammangga uchtadan somsa berardim», dedi. «Qozonqopqoqni pachoqlaganim yetmaganidek, daskallayam gumdon bo‘p ketsa, enamdan baloga qolmaymanmi? – deb o‘yladi Meshpolvon. – Yo tavakkal qilsammikan?» Oxiri nafsi g‘olib chiqib: «Mayli, roziman. Lekin, somsani beshtadan berasiz», dedi, somsafurush uchtadan deb turib oldi. Meshpolvon Chumakvoy tarafga ma’nodor ishora qilib: «Xorijli mehmonning oldida somsa talashsak uyat bo‘lmaydimi?» – degan edi, somsafurush past tovushda: «Qaerning odami bu?» – deb so‘radi. Meshpolvon qovoqlari yumilib qolgan Chumakvoyga bir qarab qo‘yib: «Xitoydan kelgan», deb shivirladi. «Bo‘pti, yana bittadan qo‘shaman», dedi somsafurush. Hammaga to‘rttadan somsa tarqatib chiqilguncha Meshpolvon o‘ziga tegishlisini yamlab bo‘ldi. Oxirgi somsadan pichasini Chika bilan Pukaga ehson qilishni unutmadi. – Bu deyman, akaginam, sal nodonroqqa o‘xshayapsiz-ku, – dedi Meshpolvon sinchaloqda tishini kavlab. – Bunaqa ko‘tarishda, tog‘ora biqinni shilvormaydimi? – Shilish ham gapmi, naq teshvoraman deydi, – deb zorlandi somsafurush. Go‘lroq tinglovchi topilsa, ikki kun tinmasdan aql o‘rgatib rohat qiluvchi Meshpolvon: «Yo‘lini bilish kerak-da, bunga uch baravar tog‘oraniyam osongina ko‘tarib ketsa bo‘ladi», degach, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling