Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 yurgandek bo‘lib Qizqo‘rg‘on yaqiniga boshlab boraman, sen po‘stakning teshigidan qizlarni tomosha qil. Oytumoring ularning orasida bo‘lsa, tanib olarsan. Lekin, ho‘kizligingni esingdan chiqarib, meni hijolat qilma», deb bir necha pand-nasihat aytdi: Shubha solib bizlarga, Ko‘p qarama qizlarga, Eslik, oposh ho‘kizim. Alanglamay jim yurgin, Chuchkurmasdan dim yurgin, Eslik, oposh ho‘kizim. Yuragimni xitlama, Chechak uzib hidlama, Eslik, oposh ho‘kizim. Chang qilvorma po‘stakni, Goh chaynab tur kurmakni, Eslik, oposh ho‘kizim. Kapalakka tashlanma, Chivin chaqsa qashlanma, Eslik, oposh ho‘kizim. Gapirib yo‘l so‘rama, «Oytumo-o-r!» deb mo‘vrama, Eslik, oposh ho‘kizim. Meshpolvon ho‘kizini o‘tlatayotgandek bo‘lib, asta-sekin qo‘rg‘on sari boraverdi. Yaylovdagi bolalar notanish podachiga zimdan o‘qrayib-o‘qrayib qarab qo‘yishardi. U hanuz bitta-bitta odimlaganicha qo‘rg‘on yoqalab ketayotganida, devor ustidagi nayzali soqchilardan biri: «Hov, sopolqalpoq, bor, nariroqda uymalan!» – deb o‘shqirib berdi. – Qo‘rg‘oningda kerilaverma, – dedi Meshpolvon, – Oltiariqdan o‘tib qolsang, tuyib qo‘yaman. Oltiariqni shu o‘ramdagi bironta qishloqcha deb tushungan soqchi aftini tirishtirganicha indamay yuz o‘girdi. Devor tepasida o‘tirgan qizlar boshiga chapya kiyib, pakana ho‘kizining chilvirini siltay-siltay o‘zlari tomon yaqinlashayotgan baqaloq podachiga qiziqsinib tikilishdi. Meshpolvon ularning qarshisiga yetgach: «Ha qizlar, ahvollar qalay?» – deb shang‘illadi. Kimni mayna qilishni bilmay zerikib yotgan qizlar: «Ahvol zo‘r. O‘zlaridan so‘rasak? Ho‘kizvoyniyam sog‘ligi yaxshimi?» – deya jovillay ketishdi. Faqat, chetroqda xomush o‘tirgan ko‘k kamzulli qiz gapga qo‘shilmay, ufqqa jim ko‘z qadab turaverdi. Shoyi-barqutga yasanib, tilla-kumushga bezanib, o‘rtada g‘ozdek qad kergan bekach xotin Meshpolvonga masxaraomuz ohangda: «Kelin ko‘rgani keldingmi? O‘zingga o‘xshagan po‘rdoqisidan tanlayver», degan edi, qizlar tipirchilab qiyqirishga tushishdi. Meshpolvon: «Menga anavi ko‘k kamzullisi yoqib qoldi, juda indamasidan ekan», deya taltayib gap boshlagan chog‘da ho‘kizi uni bir suzib, oyog‘ini osmondan qildi. Qizlar battar qiyqirib kulishdi. Meshpolvon o‘rnidan turib, «he, bo‘kib o‘lgur», deb ho‘kizning ketiga «gup» etkazib tepdi. Bekach xotin: «Shu qizni gapirtirolsang, senga besh ketamiz, po‘rdoqvoy», degandan keyin yana kayfiyati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling