Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
51 Yov taltayar indamasang. Solib yuz xil jabrlarga, Tiqsa qafas-qabrlarga, Shahdingni qo‘sh sabrlarga, Yov taltayar indamasang. Sen – qul, ruhing ozod bo‘lib, Dilda erkli kun yod bo‘lib, Nafrat sochgin shaddod bo‘lib, Yov taltayar indamasang. Qasosingni «jiq-jiq» qilgin, Yuragingni jo‘shiq qilgin, Alamingni qo‘shiq qilgin, Yov taltayar indamasang. Qo‘shig‘ingni yonib kuyla, Qo‘rquvlardan tonib kuyla, Yurt ishqiga qonib kuyla, Yov taltayar indamasang. Qo‘shiq boshlangan palladayoq tanish ovozdan yuragi seskanib, beixtiyor qad rostlagan Oytumorning so‘nik chehrasi tobora yorishib bordi. Qo‘shiq tugagandan keyin ham sehrlangandek ho‘kizga termilib turaverdi. Meshpolvon: «Bu safargisi qalay chiqdi?» – deb baqirganidan so‘ng hushini yig‘ib, atrofdagilarga jovdiradi. Ularni xavfsiratmaslik uchun o‘zini quvlikka solib, «ho‘kizing yaxshi ashula aytarkan», dedi. Chunki, oxirgi qo‘shiqni podachi emas, po‘stakka burkanib olgan boshqa odam aytayotganini ayyor bekach xotin sezmaganiga ishonib bo‘lmasdi. Oytumor uning ko‘nglidagi hadikni yuvib tashlash uchun qo‘shiqchilarni tirikchilik dardida yurgan xashaki masxarabozlarga yo‘yib yuborishga tirishdi. – Oytumorniki gapirtirding, balo ekansan, – deya Meshpolvonga jilmayib boqdi bekach xotin. – Bizni qoyil qoldirding. Ma, mukofotni olgin-u, qorangni o‘chir. U qo‘lidagi naqsh olmani pastga tashladi. Meshpolvon «mukofot»ni panjada emas, katta ochilgan og‘zi bilan ilib olib, urug‘-po‘chog‘i aralash yamlab yubordi. Oytumor esa «bunisi ho‘kizingga, po‘rdoqvoy», deb popukli ro‘molchasini irg‘itdi. Meshpolvon ho‘kizini sudragudek bo‘lib Qizqo‘rg‘ondan uzoqlashib borarkan, Oytumorning ko‘z o‘ngida manzarador Bobotog‘dagi sayil, qayoqdandir tuyqus paydo bo‘lgan xushro‘ygina yosh ovchi gavdalandi, uning o‘shanda aytgan ishqiy qo‘shig‘i qulog‘i ostida boshqatdan yangrayotgandek bo‘ldi: Yulduzni kul qilar ko‘zi, Ko‘zgusidir oyning o‘zi, Bu hurliqo kimning qizi – Sochida ot qamchilagan? Qirq kanizak hamdam bo‘lib, Men yorisiz birkam bo‘lib, Kulgulari shabnam bo‘lib, Bobotoqqa tomchilagan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling