Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
53 – Manavini fil deydilar! Bolalar hayratlanib chug‘urlay ketishdi: – Vu-u-y! – Balandligini qaranglar! – Bilamiz, minishda shoti qo‘yib chiqishadi. – Nega beli do‘ngalak, a? Nega do‘ngalak, deyapman! – Filda xartum bo‘ladi deb eshituvdim-m, – deb ching‘illadi ozg‘ingina bola. Meshpolvon unga tuyaning dumini ko‘rsatdi: – Ana xartumi, ukaginam. – Iya, xartum dumga o‘xsharkan. – Balki bular tarafda dumni xartum deyishar. – Xartum nimaga kerak, a? Nimaga kerak deyapman! Boyagi ozg‘in bola yana ching‘illab: «Xartumni old tomonda bo‘ladi deb eshituvdim-m», dedi. – Sen Hindistonning filini gapiryapsan, – deb gerdayganicha uqtirdi Meshpolvon. – Bunisi Oltiariqniki. – Hindiston Oltiariqdami? – Yo‘q, ukalar, ikkalasiyam alohida-alohida yurt. – Sizlarda yana nima bor? Meshpolvon hanuz gerdayib turarkan, uzoq o‘ylab o‘tirmay, shartta javob qildi: – Hammasidan bor. Eng ko‘p uchraydigani – oqayiq. * * * Meshpolvon o‘z lashkari uchun Qizqo‘rg‘ondan yarim chaqirimcha naridan zo‘r istehkom topdi. Qachonlardir kesilib, vaqtida tashib ketilmagan azamat daraxtlar bu yerda uyum-uyum bo‘lib yotardi. Tomosha haqiga tushgan oziqlarning bir qismi ehtiyotdan xurjunga solinib, qolgani o‘sha istehkom oldida baham ko‘rilayotgan chog‘da Meshpolvon: «Ana! Kelyapti!» – deb quvonch bilan qichqirdi-yu, o‘rnidan turib ketdi. So‘ng: «Oshnam kelyapti! Hojixonajina bu!» – deya irg‘ishlab, yo‘lakni changitganicha istehkomga yaqinlashayotgan quyunning istiqboliga yugurdi. Qulochini yoyib, to‘zonni quchmoqchi bo‘lganida, eshilib, yerga ag‘anadi. – G‘irromlik qilma, Hojixon, g‘irromlik qilma, – deya quyunga barmoq saraklatdi u. –Bunaqa oyoqdan chalish yo‘q. Quyun Meshpolvonning atrofida girgitton aylanib, yana chalib yiqitmoqchidek unga bir zum tegajoqlik qildi, dasturxon tegrasida o‘tirganlar yonidan uyoq-buyoqqa «viz-viz» o‘tib, to‘qlidek sho‘xligi tutib, quvnoq raqs tushib berdi. Oxiri ajriqlarni shildiratib, xas-cho‘plarni pildiratib o‘ynaganicha o‘rmon ichiga kirib, ko‘zdan yo‘qoldi. Meshpolvon: «Uzoqqa ketvorma, Hojixon, bir gaplashaylik endi», deya ortidan baqirib, dilidagi armonlarini to‘ka boshladi: Ayrilganman dadamdan, Ayrilganman onamdan, Ayrilganman enamdan, Tashlab ketma, Hojixon. Yirtiq-yamoq ustim bor, Sen-u uchta do‘stim bor, Yana mehribon kim bor, Tashlab ketma, Hojixon. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling