www.ziyouz.com kutubxonasi
57
shapalog‘i tarsillaganicha galaboshning taqir kallasiga urildi. Qonga tashna bo‘lib turgan galaboshi o‘z
navbatida uning kekirdagini tishlab, jig‘ildonini uzib oldi. Ablahlardan bittasini tinchitdim deb
sevinayotganida dumbasini bigiz jizillatib, shataloq otib yubordi.
Kallakesarlarning ahvoli nihoyatda tanglashib, qiyomat avjga chiqqach, ustidagi tuynukdan nur
tushib turgan eshikni mo‘ljallab, hammasi o‘zini tashqariga urdi. Bu paytda eshikning ikki chetiga
biqinib olgan Meshpolvon bilan Oshiqbola ularning ketini nishonga aylantirib, biri o‘ng dumbaga,
ikkinchisi chap dumbaga bigiz tiqib turaverdi, bir-biriga hayqirib dalda beraverdi:
– Bigizingni charxlab sanchgin,
Do‘st-dushmanni farqlab sanchgin,
Jiq-jiq,
Jiq-jiq!
– Xanjar qilib yaltiratgin,
Qonxo‘rlarni qaltiratgin,
Jiq-jiq,
Jiq-jiq!
– Voydodlasin galaboshi,
Yuvilgancha chala boshi,
Jiq-jiq,
Jiq-jiq!
– O‘tganini muhrlab ur,
Kerak joyga to‘g‘rilab ur,
Jiq-jiq,
Jiq-jiq!
– Qochsin bari buvalashib,
Lungisiga chuvalashib,
Jiq-jiq,
Jiq-jiq!
– Qo‘ldan tushgan tog‘orasi
Bo‘lsin qochish nog‘orasi,
Jiq-jiq,
Jiq-jiq!
G‘alamis pistak kampir bu mahalda to‘polonga quloq solib, lippasidan holva olib, chala
chaynaganini chala yutib, kallakesarlardan xushxabar kutib, tashqarida mamnun o‘tirardi. Hammom-
dan qochib chiqayotganlar shoshilishda uni birin-ketin tepalab o‘tib, arava ezgan baqadek majag‘ini
chiqarishdi.
* * *
Vaqt yarim kechadan og‘gan pallada Hojixonajina qasrdan yangi gap topib keldi.
Hammomdagi sharmandalarcha mag‘lubiyatni, ayniqsa, makkorlarning piri hisoblangan pistak
kampirning ahmoqona tarzda halok bo‘lganini eshitgach, arboblarning aqli shoshib, Sepkilshohning
Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |