Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 Meshpolvon shu topda bularga gap ta’sir qilmasligini sezib, yana o‘ylanib qoldi. – Mayli, men roziman, – deb birdan past tushdi u. – Lekin, hozirmas. Tomosha kechqurun bo‘ladi. Unga dovur fil tuzalib qolishi kerak. – Shu tomoshangni bir yo‘la qishloqda ko‘rsatsang-chi, – dedi chiptakovushli qariya. – Bahonada kampirlarimizniyam xursand qilarding. – Ana, shundoq so‘qmoqdan o‘tsang, qishlog‘imiz biqiningda turibdi, – deya chakalakzor tomonga qo‘l cho‘zdi boshqasi. – Borsang, burningdan chiqquncha ziyofat beramiz. «Ziyofat» degan so‘zni eshitib, Meshpolvonning hiqildog‘i likilladi. «Bo‘pti, kechqurun bizni kutib turinglar, hamma hayvonlarni olib boramiz», deb va’dani quyuq qildi. Dehqonlar ketishi bilanoq, Rayhon qiziqning jahli qo‘zib: «Qanaqa hayvonlarni aytyapsan, kuydirgi? Boshimizga kelgan ofat bo‘lding-ku», deb vaysab berdi. – Meni gapim – gap, – dedi Meshpolvon. – Agarda farang yo hangilizlarni bugun yer yutadi desam, ertagacha qolmasdan shu ish bo‘ladi. Men mana shunaqaman! * * * Qorong‘i kira boshladi hamki, Hojixonajinadan darak bo‘lavermadi. Diqqati oshgan Meshpolvon yong‘oqboz bolalarning soqqasidek uyoqdan-buyoqqa pildirayotgan chog‘da Chumakvoy: «Ajinang qasrdagi o‘yinchi qizlarga pul qistirib o‘tirgan bo‘lsamikan?» – deb uning jig‘iga tegdi. Xayriyatki, Hojixonajina ortiqcha kechikmadi. Qaytib kelishi bilanoq, Meshpolvon: «Qasrdagi gaplarni keyin aytarsan. Hozir zarur ishimiz bor», deya uni shoshiltirishga tushdi. Istehkomdagilar yoppasiga qishloqqa yurishdi. Qishloqdagilar chakalakzorning so‘qmog‘idan chiqaverishdagi maydonga yig‘ilib, ajoyibxonani intiq kutib turishgan ekan, Meshpolvon rahbarligidagi «hayvon o‘rgatuvchilar»ni olqishlarga ko‘mib qarshi olishdi. – Hayvonlarimni anavi butalarning orqasida qoldirdim, – dedi Meshpolon. – Davraga birma-bir chiqarib ko‘rsataveraman. Qani, so‘qmoqni uch tomondan o‘rab o‘tirib olinglar-chi. Chol-yigitlar chordana qurib, kampir-juvonlar yerga tizza urib, qizaloqlar qiqirlashib, bolakaylar bir-biriga tixirlashib, oydin maydonga yoyilib o‘tirishdi. Shundan keyin Hojixonajina goh u, goh bu hayvonning tusida chakalakdan chiqib, davrani aylanaverdi, Meshpolvon ularni baholi qudrat sharhlab turaverdi: – Bunisi sahroi kabirning maymuni! – Sahroda maymun nima qiladi? Maymun to‘qayda bo‘lmaydimi? – Farosat bormi o‘zi? Sahroi kabirning o‘rtasi to‘qayzor-ku. – E, shunaqami? Oldinroq aytib qo‘yish kerak-da... Ie, ie! Anavinisi nima? Qaerniki bu? – Buni nomi tuyaqush. Ozarbayjonda bo‘ladi. – Tuxumiyam kalladek bordir? – Ana! Yaxshilab ko‘rib olinglar! – dedi Meshpolvon davrada yangi hayvon paydo bo‘lgach. – Bu yo‘lbarsni Sulaymoniyadan ushlab kelganman. Hojixonajina kelgusi safar zebraga aylandi. Umri bino bo‘lib, bunaqa mahluq haqida biron-bir ma’lumot eshitmagan Meshpolvon unga boqib angrayib qoldi. Eshak deyay desa, terisi yo‘lbarsniki, yo‘lbars deyay desa, turqi eshakning o‘zginasi. Oxiri chaynalib turib: «Eng yaramas hayvonlardan bittasi shu», dedi. «Nima o‘zi buning?» – deb so‘rashdi undan. Meshpolvon zebraga yanada sinchiklab tikilganicha: «Boyagi yo‘lbarsning ammasi», deb javob qildi. – Shuyam yo‘lbarsmi? Bizga eshakni bo‘yab ko‘rsatyapsan! – Egasi bo‘pturib, o‘zim bilmaymanmi? Men yo‘lbars deganimdan keyin, gap tamom-da. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling