Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 Bir payt orqa tarafdan «jov-juv» qichqiriqlar eshitildi. Meshpolvon mundoq qarasa, chekina- chekina Qizqo‘rg‘onga yaqin kelib qolishibdi, devor ustiga kaptardek terilib olgan qizlar qiy-chuv bilan ularni chorlab turishibdi. Bu orada qo‘rg‘onning darvozasi ochildi. – Askarlarim! Botirlarim! – deya sheriklariga hayqirdi Meshpolvon. – Qo‘rg‘onga qochib kirilsin! Darrov menga ergashilsin! Bu safar uning tovushi barcha sheriklarining qulog‘iga yetib bordi, buyruqqa hammasi so‘zsiz itoat etdi. Olma yedim baqalog‘idan, Gilos yedim chaqalog‘idan, Anjir yedim yapalog‘idan, Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... Nogiron xachirni jitranglatib borayotgan qo‘mondon mashhur qo‘shig‘ini bor ovozda kuylaganicha, o‘z lashkarini qo‘rg‘on sari ergashtirib ketdi. Oshiqbola otni Qizqo‘rg‘on yoqqa yeldirib borayotib, «bu tuzoq emasmikan», deb o‘yladi. Devordagi qizlar orasida Oytumor ham turganini ko‘rib, dilidagi shubhasi tarqaldi. Ular ichkariga kirishlari bilanoq, qizlar darhol darvozani berkitib, yog‘och tambalarni tirkashdi. Surishtirib bilishsa, dugonalarini Oytumor yo‘lga solgan ekan. Ular avvaliga bekach xotinni tutib, qo‘l-oyog‘ini chandishibdi. Keyin Qizqo‘rg‘onni qo‘riqlash topshirilgan soqchilarni bekachning huzuriga bitta-bitta chaqirgan bo‘lishib, bir boshdan sholchaga o‘rab bog‘lashaveribdi. * * * Oytumor sholchalardan biriga o‘ralgan arqonni yechib, «soqchiboshi mana shu», deya, bo‘g‘riqib ketgan biqqi yigitni ko‘rsatdi. – Men askarlikka yollangan qulman, – deya to‘rttala o‘chkorga jovdirab boqdi soqchiboshi. – Sheriklarim ham shunaqa. Bizni o‘ldirmanglar, Sepkilshohni birgalashib qiyratamiz. Xonada qatorlashib turgan sholchalar ichidan soqovcha bo‘g‘iq tovushlar taraldi. Chamasi, sheriklari soqchiboshining gapini ma’qullayotgan edilar. Qora papoqlilar Qizqo‘rg‘onning darvozasini hanuz «gupir-gupir» urib, kamon o‘qlari tepadan vizillab o‘tib turgani uchun vaqt juda ziq edi. Meshpolvon gapni chuvalab o‘tirmay, qizlardan beshta non so‘rab olib, soqchiboshining tumshug‘iga qadadi. «Yorug‘ olamda tengi yo‘q dahshatli Meshpolvonga halol askar bo‘lishga qasam ich!» – deya uni qo‘rqitishga tushdi: Buzsang agar so‘zingni, Qush cho‘qisin ko‘zingni, Eshak tepsin o‘zingni, Shunday xavfli qasam ich! Qaytar bo‘lsang va’dadan, Buqa suzsin podada, Yiqilib tush xodadan, Shunday xavfli qasam ich! Pok tutmasang labzingni, Ochlik qiynab nafsingni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling