Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
72 Soqchiboshi esa ustidan tutun chiqarganicha bo‘kirib qochayotganlar ortidan: «Hammomga tez-tez kepturinglar!» – deb baqirib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay qiz boyoqishlar holdan toyishdi, takasaltang o‘sibmiz deb o‘zlarini koyishdi. Ulardan birining qo‘liga kamon o‘qi sanchilib, «voy, onajonim-ey», deb cho‘kkalab qoldi. Sheriklari chug‘urlashganicha kelib, uning yoniga to‘planishdi. Mana shu og‘ir daqiqada ufqni birdan chang-to‘zon qopladi. Qizqo‘rg‘on devoridagilar ham, pastdagilar ham nima voqea yuz berganini fahmlab ulgurmay, Meshpolvon yer-u ko‘kni zirqiratgudek bo‘lib qichqirdi: – Hojixon oshnam kelyapti! Sheriklariniyam boshlab kelyapti! E, yashavor! Haqiqatanam bular o‘nlab quyunlar edi. Ular uvlab-guvlab yetib kelishib, qora papoqlilarni almak- jalmak aylantirganicha yerga ko‘tarib uraverdi. Qizqo‘rg‘on atrofini birpasda tozalab chiqishib, endi tarqoq galalarni ta’qib qilisha ketdi. Hamma sheriklaridan baland bo‘y cho‘zib, hammadan tez aylanib yelayotgan quyun Hojixonajina edi, albatta. U odamlar nazdida xuddi uvilloq tovush chiqarayotgandek tuyulsa-da, aslida jo‘shqin qo‘shig‘ini baralla aytib jang qilayotgandi: Aylan, quyunim, pildir-pildir, Barglar uchsin «shildir-shildir», Barglar shildiroq, O‘yna, pildiroq! Do‘stlar kulsin, dushman kuyunib, Yovning ko‘ziga qum soch, quyunim, Barglar shildiroq, O‘yna, pildiroq! Bosqinchilar tekin osh yer, Shag‘al joyda sendan tosh yer, Barglar shildiroq, O‘yna, pildiroq! Bosqinchiga uvlab borgin, Momosini uyiga quvlab borgin, Barglar shildiroq, O‘yna, pildiroq! Hojixonajina sheriklariga o‘rnak ko‘rsatib, charchoq nimaligini bilmay, jangni davom ettiraverdi. U, yo‘liga ko‘ndalang bo‘lganlarni osmonga parrakdek ko‘tarib, bexosdan tashlab yuborar, dushmanlar yerga «viq» etib tushib, sulayib qolardi. Qizqo‘rg‘on hademay qo‘lga kiradi deb chetdagi do‘nglikda sevinib turgan Qahratoniya lashkarboshisi maydonda qandaydir sirli to‘zonlar paydo bo‘lgach, ish chappasiga keta boshlaganidan qattiq tashvishga tushdi. Talvasada qolgan askarlarning ko‘nglini ko‘tarish, eng muhimi – Sepkilshohga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish niyatida janggohga qarab ot soldi. «Mana, yonlaringga yetib keldim, endi ishlar yurishib ketadi. Men umrimda yengilmaganman, yengilmayman. Hammang orqamdan ergash! Changdan qo‘rqma, tentaklar! Qo‘rqoqlarni dorga osaman!» – deb jangchilarni Qizqo‘rg‘on sari boshlashga urindi. Biroq, atrofiga oltmish-etmish kishi yig‘ilib-yig‘ilmay, u ham quyunning qo‘liga tushdi. Hojixonajina guv-guvlab kulib, uni otidan oshqovoqdek yulib, o‘zini havoda chirpiratib, guldor chakmonini bayroqdek hilpiratib, orqaga surgilab ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling