Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
– Ajdar dumida tuyog‘iga urgandir-da? 
– Be, nimalar deb aljirayapsizlar? Qochib ketmasin deb ajdarhoning dumini bilagimga o‘rab olgan 
bo‘lsam, qanaqa qilib tuyoqqa urarkan? Ajdarhoda yetmishtagacha bosh bo‘lishi mumkin, lekin dumi 
bittaligicha qolaveradi. Soddalik ham evi bilan-da, qizlar. 
– Ha bo‘pti, nima bo‘lganini o‘zingiz aytaqoling. 
– Xullasi kalom, qirq boshli ajdarho minan surunkasiga yetti oy-u yetti kun uxlamasdan jang 
qildim... 
– Ovqat-chi? Qorningiz ochmadimi? 
Men sizlarga aytsam, battol ajdarhoning yigirmata boshi tinimsiz suv sepsa, qolgani lovullatib o‘t 
purkab turarkan. Sochgan suvidan dengiz paydo bo‘lib, suzib yurib urishdim. O‘t purkagan vaqtda 
xachir ikkalamiz suvga sho‘ng‘ib-sho‘ng‘ib turdik. Bir mahal qarasam, tepadan o‘tayotgan parrandalar 
kabobga aylanib, dengizda qalashib yotibdi. Jang o‘rtasida ajdarhoning ko‘zini shamg‘alat qilib, goh 
o‘rdak, goh loyxo‘rakni shamshirda ilib yeyaverdim. Bundan tashqari, suvga sho‘ng‘iganimda, ba’zan 
og‘zimga baliqlar to‘g‘ri kelib qolardi. Nihoyat, yettinchi oyning yettinchi kunida ajdarhoda ikkitagina 
kalla qoldi. Endi o‘t purkashgayam, suv sepishgayam madori yetmay, tipirchilab bo‘kirishga tushdi. 
Dengiz ham o‘z-o‘zidan singib ketdi deng... 
– Keyin-chi? Keyin nima bo‘ldi? – deb jovillashdi qizlar. 
Meshpolvon xiyol qovoq uyib dedi: 
– Keyin yomon bo‘ldi. O‘ttiz to‘qqizinchi kalla bilan olishayotganimda, qirqinchisi nomardlik 
qilib, xachirimning boldiridan kirt tishlab oldi. Men unisini tinchitgunimcha, xachirim bunisini 
allaqachon g‘ajib o‘ldiribdi... E, yo‘q! Bunaqa qahramon hayvonni mingta qorabayirgayam 
almashtirmayman. 
– Endi ajinalardan gapirib bering. Ularni qanaqasiga askar qilvoldingiz? 
– E, qo‘ysalaring-chi, qizlar. Yana xijolat bo‘lyapman. 
– Keling, endi, gapirib beraqoling. Juda qiziqyapmiz. 
– Ha, mayli, gaplaring yerda qolmasin... Shu desangiz, buyoqqa kelayotib, pistak kampirga 
yo‘liqdik. Bizni sehrlab, chuqur jarga qamab tashladi. O‘zimiz nima ahvolda-yu, kechqurun oldimizda 
uch ko‘zli cho‘chqa paydo bo‘lib: «Mana shu jardagi ajinalarga boshliqman, yaxshilikcha mendan 
qo‘rqishlaring kerak», deb xiralik qilaverdi. U desam bo‘lmadi, bu desam bo‘lmadi, oxiri tumshug‘iga 
qaratib tepvordim. Ana endi to‘polondan so‘rang: u to‘satdan echkiga aylandi, shoxini bigizlab 
ko‘kragimga sakradi. Xayriyatki epchilman, uni havoda ilib olib, chotimga qistirdim, dikkaygan 
dumini uyoqqa eshdim, buyoqqa eshdim, rosa qiynadim. Avvaliga «me-e, me-e», deb baqirgan bo‘lsa, 
keyin odamzodga o‘xshab, «voy-ey, voy jonim-ey», deyishga tushdi. Endi ta’zirini yegandir deb 
chetga irg‘itsam, «shuv» etib osmonga ko‘tarildi, tuyadek kattakon burgutning tusiga kirdi. Tikkalab 
kelib boshimni cho‘qib o‘tdi, qiyalab kelib boshimni cho‘qib o‘tdi, indamasam, chapyani pachoq 
qiladigan. Chapya sinadigan bo‘lsa, unda ish tamom, dunyoda yalangbosh yurishdan chatog‘i yo‘q. 
Uchinchi cho‘qib o‘tishida qonim qaynab ketdi, orqasidan quvib chiqib, kekirdagidan changalladim... 
– Ie, uchishni bilarkansiz-da? – deb so‘radi Oytumor. 
Meshpolvonning ko‘zi g‘ildirab do‘rilladi: 
– Qanaqa uchish? 
– Burgutni quvib chiqdim deyapsiz-ku. 
– Ha, umi? To‘g‘ri, o‘shanda uchganman! 
– Tez-tez uchib turasizmi? 
– Yo‘q. Kamdan-kam uchaman. Asosan yerda yuraman. 
– Hoy, Oytumor, hadeb gapni bo‘lavermagin, keyin nima bo‘lganini eshitaylik, – deya dugonasini 
tergashdi qizlar. 
– Keyin burgut ikkalamiz gupira-gup yerga ag‘anadik, – deb mardona qiyofada so‘zini davom 
ettirdi Meshpolvon, – uning yarim patini yulib bo‘lgan vaqtimda, potirlab qo‘limdan chiqib ketdi. Shu 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling