Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
– Tirigicha yerga ko‘mib, ustiga eshakolma ekish kerak. 
Yaxshisi, qorni paqillab yorilguncha yuvindi ichkizaylik. 
– Menimcha, kallasini tandirga tiqib, buyog‘ini itlarga talatgan durust. 
Sepkilshoh o‘z arboblarining gapini jim eshitib bo‘lib, kutilmaganda ularga dag‘dag‘a qila ketibdi: 
– Bittangdayam insof yo‘q ekan! Nima bo‘lgandayam, lashkarboshi bizga ko‘p xizmatlar qildi, 
ba’zida jasorat-pasorat ko‘rsatdi. Eng muhimi – hammamizga ulfat bo‘lib, tez-tez ziyofat berib turdi. 
Endi uni ko‘pchilikning oldida sharmanda qilib jazolashimiz yaxshimi? Birontangda odamgarchilik 
degan narsa qolmabdi. – Shundan keyin u picha tundlanib turgach, mehribonona ovozda o‘z taklifini 
aytibdi. – Kelinglar, adashgan do‘stimizni shu yerda urib o‘ldiraylik. 
Hayotda tez-tez uchrab turadigan, ayni daqiqada esa Sepkilshoh qasrida yuz bergan bu holatni 
shundoq izohlash mumkin:
Do‘stimizni xor qilmaylik, 
Jallodlarga zor qilmaylik. 
Ko‘nglimizni tor qilmaylik – 
Tepkilaylik o‘zimiz. 
Do‘sti borlar chetda o‘lmas, 
Begonadan jafo ko‘rmas. 
Bundan ortiq yordam bo‘lmas – 
Tepkilaylik o‘zimiz. 
To‘planishib do‘stlar bunda, 
Topdik gunoh bor deb unda. 
Asqotaylik og‘ir kunda – 
Tepkilaylik o‘zimiz. 
Urinmaylik oqlash uchun
Do‘stni omon saqlash uchun. 
O‘ligiga yig‘lash uchun – 
Tepkilaylik o‘zimiz. 
Sepkilshohning taklifini eshitgan vazir: «Olamga kelib, bunday insonparvarlikni ko‘rmaganman», 
deya masxaraomuz lab himarib, asta yeng shimarib, olatasirga shaylanibdi. Boshqa arboblar ham 
hukmdorning karami beqiyosligiga ofarinlar aytishib, lashkarboshini qurshovga ola boshlashibdi. 
Shunda lashkarboshi o‘zini Sepkilshohning oyog‘iga tashlab, yalina ketibdi: 
Men surbetni kechiring, xoqonim, bundan buyog‘iga sizdan beruxsat uchmayman. Shaytonning 
gapiga kirib, bir yuzsizlik qildim. Mana ko‘rasiz, to‘rttala g‘alayonchi ertalab qo‘lingizda bo‘ladi. Bir 
to‘p askarim ikki kundan beri Qizqo‘rg‘on tomonga lahim kavlayapti. Yerning tagidan kirib borib
hamma g‘alayonchini asirga olamiz. Bir qoshiq qonimdan keching, xoqonim! 
Lashkarboshining bu gapidan so‘ng, Sepkilshoh ancha shashtidan tushibdi... 
Meshpolvon Hojixonajinaning so‘zini bo‘lib: «Qanaqa lahimni gapiryapsan?» – deb so‘radi. 
– Lahim allaqachon tayyor bo‘lgan, – dedi Hojixonajina. – Dushman hademay tumshug‘ingning 
tagidan chiqib keladi. 
Meshpolvonning yuragi hovliqdi: 
– Qaerdan kavlashibdi? 
– Vahima ko‘tarma, oshnalarim qo‘riqlab turishibdi, – deya xotirjam javob qildi Hojixonajina. – 
Lahim qazishni chakalakdan boshlashgan ekan. Oshxonamizning orqasidan teshib chiqishibdi. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling