Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
* * * Hayot-mamot kurashi ertalabdanoq qizib ketdi. Sepkilshoh borliq suvori-yu sarbozi, kamonchi-yu nayzabozi, yasovul-u bakovuli, itboqar-u qorovuligacha qoldirmay maydonga tashladi. Dushman bu gal juda katta kuch bilan hujumga o‘tgach, kecha havasga jang qilib yurgan, uchraganni qiziqchilikka ko‘tarib urgan shovvoz quyunlar ham behisob qora papoqlilar qarshisida birmuncha ojizlanib qolishdi. Endi Qizqo‘rg‘on atrofidan nari ketolmay, ming-minglab chumolilardek devorga izma-iz tirmashayotganlarni yulqib yiqitishga bazo‘r yarab turishdi. Meshpolvon o‘qlovini mohir dutorchidek satanglanib tutamlaganicha qo‘rg‘on devori bo‘ylab aylanib yurar, goh sheriklariga, goh fidoyi soqchilarga kuyunchak qiyofada yo‘l-yo‘riqlar berar, uning Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 79 bu qilig‘i negadir hech kimning jig‘iga tegmas, aksincha, hammaning ko‘nglini ko‘tarayotgandek edi. – Hov, Chumakvoy, o‘qni ayama! Qalampirni ko‘proq qo‘sh! – Yashang, otaginam! Kam bo‘lmang! Burun ikkala ko‘zning o‘rtasida turishi esdan chiqmasin. – Bo‘sh kelmanglar, soqchilarim! Nayzani mahkamroq ushlanglar. Qasamni buzgan odam moxov bo‘ladi. – Vey, Oshiqbola, ko‘kragingni ochmasang-chi! Qo‘lingdagi qalqonni nimaga berganmiz? O‘lsang, bobongdan baloga qolaman-a! Meshpolvon shu alfozda qilich o‘rniga tilini qayrab, folchining to‘tiqushidek sayrab, askarlariga dalda berib yuraverdi. Ora-sira, o‘ng kelib qolganda, devordan endigina bo‘y ko‘rsatgan biron-bir dushmanning kallasiga qaratib o‘qlov bilan urib ham turdi. To‘polonda qay birovi Hojixonajina-yu, qaysi biri uning sherigi ekanini ajratolmay, duch kelgan quyunga: «Balli, Hojixon! Narigi shotilarniyam shunaqa qilib esh. Kim devorga tirmashsa, qulog‘idan cho‘z», deb baqirib qo‘yardi. Qizqo‘rg‘onni makon etib, Devorini qalqon etib, Kular, yovni yakson etib Meshpolvonning askarlari. Yirtqichligi qo‘zib yana, Dushman kelar to‘zib yana, Yayrar quloq cho‘zib yana Meshpolvonning askarlari. Yov xomaki reja tuzar, Devorlardan qopdek uchar, Qilich urib raqs tushar Meshpolvonning askarlari. G‘animlar och ko‘ppak bo‘lib, Kelsa qora telpak bo‘lib, Ko‘zdan urar tuppak bo‘lib Meshpolvonning askarlari. Dushman kelar, toqat qilmas, Tinch yashashni odat qilmas, Burunlarga shafqat qilmas Meshpolvonning askarlari. Ko‘pmiz deb yov erkalaydi, Narvonlarin yelkalaydi, Nayza sanchib tilkalaydi Meshpolvonning askarlari. Goh osmonni o‘rab uvlar, Narvonlarni burab uvlar, Yovni qordek kurab uvlar Meshpolvonning askarlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling