Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
82 Oytumorda edi. U, narvondan ko‘tarilayotganlarni ketma-ket qilichdan o‘tkazarkan, cho‘zmasini lag‘monpazning xamiridek betinim cho‘zg‘ilayotgan Rayhon qiziqqa qarab qichqirdi: – Pastga tushing,otaxon! Qizlarniyam, Meshpolvonniyam qo‘rg‘ondan olib keting. Tayyor lahim turibdi. Tezroq boring, soqchilarning yarmi qirilib bo‘ldi! Rayhon qiziq cho‘zma otishni hanuz tark etmay: «Hov, bola, sen meni kim deb o‘ylayapsan», deya shang‘illay boshlagan edi, Oshiqbola: «Qizlarning uvoliga qolmang! Keting deyapman!» – deb baqirib berdi. Rayhon qiziq jahl bilan bir depsinib qo‘yib, zinapoya tarafga yurdi. Jang qizigandan qizib, «urho-ur» avjga minib borayotgandi. Terga botgan soqchilar nayzasini yaltillatib, Chumakvoy ko‘zga shapillatib dushmanga qiron solar, o‘q o‘tmas quyunlar esa narvonlarni burab, qora papoqlilarni domiga o‘rab, maydonda suron solardi. Oshiqbolaning ham zahmati o‘ziga yetarli edi – bo‘zchining mokkisidek giz-gizlab, u narvon oldidan bu narvon oldiga piz-pizlab, dushmanini gezartirib, qilichini qizartirib, shaytondek jang qilayotgandi. Shu orada halok bo‘lishiga ham oz qoldi – chap tomondagi g‘animni chopib ulgurmay, o‘ngdagi narvondan chiqqan yov askari qulochkashlaganicha orqasidan nayza o‘qtaldi. Biroq, avval charsillagan, so‘ng po‘killagan ovoz eshitildi-yu, nayzaboz burnini tutamlab orqaga ag‘darildi, narvondan ko‘tarilayotgan sheriklariga jonholatda tirmashib, uch-to‘rttasini o‘zi bilan birga pastga tortqilab ketdi. Oshiqbola Rayhon qiziqning nogahonda yana paydo bo‘lganidan bir achchiqlansa, go‘yo hech kimdan hech qanaqa topshiriq olmagandek bemalol cho‘zma otayotganini ko‘rib, ikki achchiqlandi. – Qizlar qochmaymiz deb oyoq tirab olishdi, – dedi Rayhon qiziq cho‘zmasiga tosh solayotib. – O‘lsak birga o‘lamiz deyishyapti. Oshiqbola olishuvni davom ettirarkan, alamnok lab tishladi. Boshida: «Na iloj? Birga o‘lsak – birga-da», degan o‘y chaqnab, ko‘ngli darz ketgandek bo‘ldi. Lekin, pastdan eshitila boshlagan ham hazin, ham jarangdor qo‘shiq qaytadan uning ruhini ko‘tardi, qo‘lidagi oynusxa qilichdan bilagiga daryo-daryo mador oqib kirayotgandek bo‘ldi. Oytumor esa kuylashda davom etardi: Mard o‘g‘il bog‘lab belin, Jonidek asrab elin, Isfaxon tutgan qo‘lin Dushmanga jallod qiladi. Dushmani g‘olib turib, Qurshasa ortga surib, Mard o‘g‘il na’ra urib, Nomardi faryod qiladi. Bo‘lsa kim zoti tayin, Tinglamas yovning rayin, Yov chaqa bergan sayin Xizmatni bezot qiladi. Yoqsa o‘ch mard kinchini, O‘ylamay o‘z tinchini, Qiyratib bosqinchini, El-yurtni ozod qiladi... Hayot bilan o‘limning oralig‘i bir qadamdek ko‘rinayotgan ushbu daqiqada to‘rt tarafdan tartibsiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling