Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
Achaxon yetim ekan, uniyam olib ketamiz. To‘g‘rimi, dada? 
– Bo‘lmasa-chi, o‘g‘lim. Achaxon endi biznikiga borib yashaydi. 
– Rahmat, dada. Kam bo‘lmang... 
Meshpolvon shu kecha qotib uxlab, kunduzi diliga tugib qo‘ygan o‘ylariga mos tush ko‘rib chiqdi. 
Oshiqbola, Rayhon qiziq, Chumakvoylar Meshpolvonnikida mehmon bo‘lib kelish uchun to‘g‘ri 
Oltiariqqa qarab yo‘l olishibdi. Yonlarida Hojixonajina ham quyunga aylanganicha pildirab 
borayotganmish. Meshpolvonning og‘zidan hanuz o‘sha xirgoyisi uzilmasmish: 
Olma yedim baqalog‘idan, 
Gilos yedim chaqalog‘idan, 
Anjir yedim yapalog‘idan, 
Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... 
Ko‘p yo‘l yurishib, bir kuni tunda Mutal-maynavozning chorbog‘iga yetib borishibdi. Darvozani 
taqillatishsa, «o‘zim tilamchidan battar kambag‘al odamman, sizlarni mehmon qilolmayman, akang 
aylangurlar», deb ularni ichkariga kiritmabdi. Sepkilshoh yengilgandan keyin qullar ozodlikka chiqib
Mutal-maynavozdan yerlarni tortib olishgan ekan. Rosa kaltak yegan bu boy shundan so‘ng 
yakkamoxovga aylanib, chorbog‘ining darvozasini o‘n joydan tambalab yotishga o‘rganibdi. 
– Ahmoq! Ochko‘z! – deb achchiqlanibdi Chumakvoy. – Ayamasdan darvozasini ag‘darish kerak. 
Qahratoniyaga ketishayotganda Mutal-maynavoz ularni qanday mazaxlaganini Rayhon qiziqdan 
eshitib, Hojixonajinaning ham jahli chiqibdi. 
Meshpolvon kechasi bilan tuzib chiqqan rejani ertalabdan amalga oshira boshlashibdi. Atrofdan 
odamlarni to‘plab kelishib, do‘q-po‘pisa bilan darvozani ochdirishibdi. 
– Chorbog‘ni yaxshilikcha bo‘shatib qo‘y, – debdi Meshpolvon Mutal-maynavozga. – Bir vaqtlar 
sotqinlik qilgansan, manavi odamlarni qiynagansan. Endi ular minan bitta yurtda yashashingga yo‘l 
qo‘ymayman, jo‘nab qol! 
– O‘zimniyam bu yerda turgim yo‘q, – deb qo‘l qovushtirganicha iljayibdi Mutal-maynavoz. – 
Koshkiydi bironta serpul odam bobomdan qolgan chorbog‘imni sotib olsa. Shuni ilinjida yuribman, 
akang aylangurlar. 
Oshiqbola: «Bu chorbog‘ qancha turadi o‘zi?» deb so‘ragan ekan, Mutal-maynavoz narxni yuz 
ming tilloga chiqaribdi. 
– Mayli, mana shu guvohlarning oldida yuz ming tilloni sanab beramiz, – debdi Meshpolvon. – 
Qani, Chumakvoy, qopni och. 
Go‘yo bir nima qistirgan kabi chap qo‘ltig‘ini shishirib turgan Chumakvoy, pinjidan narsa 
olayotgandek harakat qilibdi, xiyol egilib qopning og‘zini ochgandek qo‘lini oldinga yoyibdi. 
Meshpolvon xachiridagi xurjunga saxiylik bilan panja suqib, hovuchini allanarsaga to‘ldirgan 
tarzda sug‘uribdi-da, donsepish qilib qo‘lini qopga silkishga tutinibdi. Har qo‘l silkitganda, qop ichidan 
«jarang-jurung» ovozlar eshitilarmish. Bu ovozni Hojixonajina chiqarayotgan ekan. 
Oshiqbola guvohlarga qarab: «Jiringlashini eshityapsizlarmi?» deb so‘rabdi. «Eshityapmiz», 
deyishibdi guvohlar. «Sen-chi?» – deya boyga o‘qraygan ekan, kalovlanib turgan Mutal-maynavoz, 
«eshityapman, eshityapman», deya ta’zim qilibdi. 
Shu tariqa Meshpolvon yo‘q qopga quruq qo‘lini silkib turaveribdi, boy esa «jarang-jurung»larning 
kayfini suraveribdi: 
Qirq besh, qirq olti, qirq yetti, qirq sakkiz... 
Kun tushlikka yaqinlashibdi hamki, sanoq davom etaveribdi, xachirdagi bo‘sh xurjundan go‘yo 
baraka ketaveribdi: 
– Ellik uch ming bir yuz, ellik uch ming bir yuz bir, ellik uch ming bir yuz ikki, ellik uch ming bir 
yuz sakkiz... 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling