www.ziyouz.com kutubxonasi
93
aylantirib, «yor-yor»ni avjga chiqarishdi. To‘yda kuyovning tug‘ishganlari yo‘qligi bois kelinsalom
aytishga ularning tili bormayotgan edi. Buni payqagan Meshpolvon o‘zini tiyib turolmadi.
Dasturxondagi bo‘sh barkashni olib, uni «dangir-dung, dangir-dung» chalganicha oqsab-to‘qsab
o‘rtaga chiqdi-da, ovozining jilovini bo‘shatib kuylay ketdi:
Nos chekishga berilgan,
Kampiriga kerilgan,
Salom-salom, kelin salom,
Qaynatasiga bir salom.
Sirini to‘yda ochayin,
Qozon-tovoqqa xo‘jayin,
Salom-salom, yana salom,
Qaynanasiga bir salom.
Atrofdagilar ham qondoshlarning yo‘qligini bildirmay, biri «e, qullug‘-e», boshqasi «boy bo‘lsin
kelin», deb turishdi. Bolalar esa har bir kelinsalomdan keyin Chumakvoy rahbarligida «ha-heyy», deya
qiyqiriq ko‘tarishardi...
Qimmat ro‘mol o‘ragan,
Saqichni qarzga so‘ragan,
Salom-salom, kelin salom,
Qayinsingillarga salom.
Ikkala ko‘zi go‘laygan,
Chumchuqqa pichoq do‘laygan,
Salom-salom, yana salom,
Qaynog‘asiga bir salom.
– Mayli, hozircha o‘zim qaynog‘a bo‘pturay, – deya iljayib qichqirdi Rayhon qiziq. – Pochcham
pichoqni cho‘zib qo‘ysin
22
.
O‘smani chaplab surishgan,
Tilini qayrab turishgan,
Salom-salom, kelin salom,
Ovsinlariga bir salom.
Kuyovga qo‘shilib dovdirar,
Qizlarga ko‘zi jovdirar,
Salom-salom, yana salom,
Kuyovnavkarlarga salom.
Joyni tepadan talashgan,
Oshtovoqni yalashgan,
Salom-salom, kelin salom,
Mehmonlarga bir salom.
22
Одатга кўра куёв қайноғаларига пичоқ совға қилади. Айтишларича, қайноға мабодо куёвга эскидан қасддор бўлса, уни
ўзи берган пичоқда ўлдиролмас эмиш.
Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa)
Do'stlaringiz bilan baham: |