Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

 
* * * 
Qahratoniyadagi bir haftalik shodiyona Oshiqbola bilan Oytumorning to‘yiga ulanib ketdi. Allalar 
yallaga aylanib, dorbozlar mukofot poylab, kurashchi polvonlar belini boylab, hofizlar tomog‘ini 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
moylab, ayollar bichiqchining uyini so‘rab, erkaklar sartaroshxonani o‘rab, buzuq devorlar tuzatilib
ko‘chalar bezatilib, hammayoq yana bayram tusiga kirdi. 
Dadasi xiyla darmon to‘plab ulgurgan Meshpolvonni yetaklab to‘yga olib chiqadigan bo‘ldi. 
– Achaxon-chi? – deb so‘radi u. 
– Sen dadang bilan boraver, – deb kuldi onasi. – Achaxon ikkalamiz kelin tomonmiz. 
Keyin onasi uning malham surtib bog‘langan boshini kallapo‘sh ustidan silab, «mehmonlarning 
oldidayam bobillab maqtanavermagin, endi katta bo‘pqolding», deb bir nasihat qildi: 
Kimki aybin yashirib
O‘z bahosin oshirib, 
Ko‘pirtirsa toshirib, 
Kulgi bo‘lar hammaga. 
Pichoq shamshirman desa
To‘mtoq o‘tkirman desa, 
Qo‘rqoq botirman desa, 
Kulgi bo‘lar hammaga. 
Qo‘r o‘zin cho‘g‘ ko‘rsatib, 
Bor o‘zin yo‘q ko‘rsatib, 
Lanj o‘zin sho‘x ko‘rsatib, 
Kulgi bo‘lar hammaga. 
Chittak zotim tarlon deb, 
Uy shifti men osmon deb
Noshud naslim chaqqon deb, 
Kulgi bo‘lar hammaga. 
Gulman desa tikonlar, 
Sherman desa quyonlar
Zo‘rman desa nimjonlar, 
Kulgi bo‘lar hammaga. 
Kim maqtanib lof ursa, 
So‘zni so‘zga shopirsa, 
O‘ylamasdan gapirsa, 
Kulgi bo‘lar hammaga. 
– To‘g‘risini aytsam, gapni qaerda oshirvorganimni o‘zim bilmasdan qolaman, – dedi Meshpolvon
onasiga kechirim so‘rayotgandek qarab. 
Shunda dadasi hazillashib: «Ortiqcha ko‘pirtiradigan bo‘lsang, endi qattiqroq yo‘talib qo‘yaman», 
deya uning yelkasiga qoqdi. 
Qasr bilan bog‘ oralig‘idagi kattakon maydonga gilam va ko‘rpachalar to‘shalib, bazmga mo‘l-ko‘l 
joy hozirlangan ekan. Yerlik kambag‘allar-u hurlikka chiqqan qullar aralash-quralash bo‘lib, bir 
hovlida o‘sgan og‘a-inilardek apoq-chapoq suhbatlashib o‘tirishardi. 
– To‘ydan keyinoq uyga jo‘naylik, dada, – deya yo‘l-yo‘lakay gap qistirdi Meshpolvon. – 
Enaginamni juda ko‘rgim kelyapti. 
– O‘zimni aytmaysanmi, – dedi dadasi. – Somon yanchishni shunaqayam sog‘indimki! 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling