Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
bostirib kelayotgan olomon galasi ko‘zga chalindi. Ular g‘ala-g‘ovur bilan jangga kirib, qo‘lida 
nimaiki bo‘lsa o‘shani ishga solib, yovni biydalay ketishdi. 
Sepkilshohning borliq lashkar-u malaylari Qizqo‘rg‘onni zabt etishga yuborilgach, boshvoqsiz 
qolgan qullar g‘alayon ko‘tarib, endi bir-birini olg‘a itarib, qo‘lga kirgan narsani ushlab, quroli yo‘qlari 
yovni chapanichasiga mushtlab, maydonga tobora to‘lib borayotgan edi. 
Tish-tirnog‘igacha qurollangan qora papoqlilar o‘n minglab juldurvoqilarning tayog‘-u 
panshaxalaridan qo‘rqib, o‘ng‘ay ko‘ringan tomonga tirqirab qocha boshladi. 
Bu – Sepkilshoh ustidan qozonilgan uzil-kesil g‘alaba edi. 
* * * 
G‘alayonchi qullarning bir qismi Qizqo‘rg‘onga kirib kelib, qahramon mudofaachilar bilan 
quchoqlasha ketdilar. 
O‘lja tushgan qinsiz qilichni changallagan novchagina kishi panadagi qizlarni ko‘rib, «nega bunaqa 
hurkib turibsizlar», deya ularga yaqinlashdi. Kelgach, to‘shakda cho‘zilib yotgan Meshpolvonga ko‘zi 
tushib, seskanib ketdi, darhol cho‘kkalab, uning latta bog‘langan boshini asta tizzasiga oldi. Keyin: 
«Meshpolvon! Ko‘zingni och, o‘g‘lim! Bu menman, dadangman!» – deb qichqirdi, so‘lg‘in betiga 
yonog‘ini bosdi. «Yuzing buncha sovuq, bolam? Ko‘zingni och!» – dedi. 
Yov chiritgan o‘tloq uchun, 
Yov quritgan buloq uchun
Yov iritgan tuproq uchun 
Kichik joning kerakmidi? 
Qonlar tomgan cho‘llar uchun, 
Qayirilgan qo‘llar uchun, 
To‘siq tushgan yo‘llar uchun 
Kichik joning kerakmidi? 
Xazon bo‘lgan bog‘lar uchun, 
Qo‘porilgan tog‘lar uchun, 
Yurak-bag‘ri dog‘lar uchun 
Kichik joning kerakmidi? 
Sindirilgan rubob uchun, 
Kuydirilgan kitob uchun, 
Zindondagi xitob uchun 
Kichik joning kerakmidi? 
So‘lib bitgan gulshan uchun, 
Oyoqdagi kishan uchun, 
Toptalgan or-u sha’n uchun 
Kichik joning kerakmidi? 
Singan qilich zangi uchun
Maqbaralar rangi uchun, 
Orzu-armon jangi uchun, 
Kichik joning kerakmidi? 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling