Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Dono yig‘lab, nodon kular
O‘qlov yegan yaxshi bilar – 
Nayza o‘qlov bo‘lolmaydi. 
Ezma bodroqchi shuncha ta’rif-u tavsifni eshitib ham, o‘qlovning kuch-qudratiga yana shak 
keltirdi: 
– Xafa bo‘lmagin-u, Meshpolvon, o‘qlovni ikki yuz qadamga otish baribir qiyin. Tag‘in, 
nosqovoqni urganman deyapsan... 
Meshpolvon ko‘pchilikning ichida o‘sal bo‘lishni azaldan yoqtirmas edi. Bodroqchi shuncha 
olomonning o‘rtasida uni yolg‘onchiga chiqarayotgani haddan ziyod alam qildi. 
– Menga ishonmayapsizmi hali? Ko‘rsatib qo‘yaymi? 
Benihoyat qizishib ketganidan na umrida o‘qlovni uzoqqa otib ko‘rmagani yodiga tushdi, na 
dadasining ma’nodor tomoq qirganini eshitdi. O‘rnidan turib, qadrdon qurolini gulzor tomonga 
qulochkashlab irg‘itdi, o‘qlov o‘ttiz qadamcha joyga yetganda xiyol pastladi-yu, so‘ng tuyqusdan yana 
yuqorilab, shu kuyi tekis uchib boraverdi, oxiri qasr devoridan oshib o‘tib, ko‘zdan yo‘qoldi. 
Bodroqchining qoshi baroqlanib, tili sangilladi. Boshqalar ham og‘zi ochilgan asno turib qolishdi. 
Oshnasi qurolini otgandan keyin shuvillab borganicha uni havoda ilib ketgan Hojixonajina o‘n 
chaqirimcha narida qiyalab yonga burildi, o‘qlovni qasrning orqa tomonidan aylantirib kelib, shiddat 
bilan yana Meshpolvonga yaqinlasha boshladi. 
Dunyodagi eng uchqur qurol qarama-qarshi yoqdan paydo bo‘lib, dasturxondagi bo‘sh kosani 
pachoqlab to‘xtaganini ko‘rgan odamlar battardan hayratga tushishdi. 
– Ie, tayog‘ing boshqa tarafdan keldi-ku, – deya go‘layib so‘z qotdi bodroqchi. – Hech baloga 
tushunmadim-ku. 
– Nimasiga tushunmaysiz? – deb g‘o‘dangladi Meshpolvon. – To‘g‘risini aytganda, o‘qlovim yerni 
bir aylanib chiqdi. 
Odamlar: «Vo-o-h!!!» – deb yuborishdi. 
Gulzor chetida ohista chirpirab yurgan quyuncha o‘qlov otilishi bilanoq ko‘rinmay qolib, endi yana 
paydo bo‘lganidan gap nimadaligini allaqachon payqagan dadasi Meshpolvonga eshittirib qattiq tomoq 
qirdi. Atrofdagilarning qop-qop tasannosidan havolanib turgan po‘stakli pahlavon tezda past tushgisi 
kelmay, dadasiga dimog‘lanib dedi: 
– O‘rni kelsa-kelmasa yo‘talavermang-da, dadaginam. Zo‘rligimni ko‘zingiz minan ko‘rdingiz-ku. 
Dadasi o‘zini kulgidan bazo‘r tiyib, asta jag‘ silayotgan damda, ovsar bodroqchi taajjubnamo 
gardan qashlab: «Qiziq! O‘qlov bir aylanib chiqqan bo‘lsa, yer yapaloq emas ekan-da», deya 
ming‘irlab qo‘ydi. 
* * * 
Qiz to‘yining kunduzgi qismi atrofdan kelgan tanish-bilishlarni kutib olish, joylashtirish, ziyofat 
pishirish, qariyalarga alohida osh berish bilan o‘tib, eng qiziqarlisi odatda kechqurun boshlanadi. 
Tungi bazmni erkaklar qasrda, ayollar Qizqo‘rg‘onda qilishdi. Hamma joydagidek ikkita hovlida 
bo‘lmagan to‘y to‘yga o‘xsharmidi? 
Oshiqbola bilan Oytumorning qarindosh-urug‘lari olislik qilib, bu marosimga ularni ayta 
olishmagani sababli, Meshpolvonning dadasi kuyov tomonga, onasi kelin tomonga mutasaddi bo‘ldi, 
mehmonlarni ko‘ngildagidek kutib-kuzatish, to‘yning barcha rasm-rusumlarini o‘rniga qo‘yib 
bajarishni boshqarib turishdi. Rayhon qiziq mo‘‘tabar keksalarga to‘n kiydirish, Chumakvoy bu sarf-
xarajatlarni hisob-kitob qilish bilan band edi. 
Qasrdagi dilxushlik yarim kechagacha cho‘zilgach, kuyovnavkarlarning bir qismi Oshiqbolani 
o‘rtaga olib, Qizqo‘rg‘onga jo‘nashdi. Kuy-qo‘shiq, o‘yin-kulgining quyug‘i endi kelin tomonga 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling