Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
* * * Birozdan keyin yuzlab dasturxonlar yozilib, guruh-guruh dasturxonchilar ichkuyovdek tovushsiz odimlab, noz-ne’mat tarqata boshlashdi. Meshpolvon oldiga nimaiki qo‘yilsa, ho‘l-quruq demay, peshma-pesh uraverdi. Bitta dasturxonchi uning yonidan jilolmay, bo‘shagan idishni olish, yangisini uzatish bilan ovora bo‘lib qoldi. Chumakvoy bilan Rayhon qiziqning labi chimirilib, nima deyishni bilmay turishaverdi. Dadasi «eh-xi» deb yo‘talib qo‘ygandan keyingina Meshpolvon o‘ziga kelib, go‘yo shu mahalgacha odob bilan qo‘l qovushtirib o‘tirgan odamdek: «Kattaroqlaring boshlab bersanglar bo‘larmidi», deya atrofdagilarga sipolanib boqdi va ularni dadil harakat qilishga undab, bir so‘z dedi: So‘lakda til sug‘orib, Mo‘ylovlarni himarib, Qo‘l cho‘zing yeng shimarib, To‘yda bari tekindir. Osh yeyishni odatda Boshlar biron-bir katta, Qolganiga biz shatta, To‘yda bari tekindir. Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 89 Esnar odamzod uyda, Gaplashar ko‘cha-ko‘yda, Ovqat yeb qoling to‘yda, To‘yda bari tekindir. Bildirishar bilmasang, Yetaklashar kelmasang, Yedirishar yemasang, To‘yda bari tekindir. Chalib karnay-bolabon, Kelar saf-saf olomon, Nima qo‘ysang, talamon, To‘yda bari tekindir. Jangda kerak manjaqa 20 , Ishda – o‘roq, panshaxa, Bunda – faqat ishtaha, To‘yda bari tekindir. Tun so‘ramas oy puli, Go‘r so‘ramas joy puli, To‘ychi olmas choy puli, To‘yda bari tekindir. Hammomda bor jom haqi, Ijarada – tom haqi, Yo‘qdir pishiq-xom haqi – To‘yda bari tekindir. Bozorda o‘z holing bor, Yo puling, yo moling bor, Bunda «ber» yo‘q, «oling» bor, To‘yda bari tekindir. Ovqat tursa muntazir, Yemaganlar – betasir, Bo‘lsangiz-chi sal abjir, To‘yda bari tekindir. Odamlar «oling-oling» bilan dasturxonga birin-sirin qo‘l urishdi. Ochlar xap-xaplab, o‘rtachalar shap-shaplab, to‘qlar orada gap-gaplab ovqatlanaverdi. Semizlar choyga, oriqlar moyga ko‘proq qo‘l cho‘zib, novchalar enkayib, pakanalar kekkayib kavshanardi. Meshpolvon dadasiga tez-tez ko‘z qirini tashlab, noilojlikdan boshini qashlab, boshvoqsiz Chumakvoyga havasda boqib, istihola bilan pista chaqib, shoshilmasdan chaynab o‘tirdi. To‘g‘ri, bir 20 Қалъа дарвозасини бузувчи «манжаниқ»нинг шевада айтилиши. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling