Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
92 ko‘chdi. Mashshog‘-u hofizlar, o‘yinchi-yu qayroqbozlar, askiyachi-yu qiziqchilar, ko‘zbaxshi-yu yog‘ochoyoqlar bir-birini bahsga chorlab, tunni tongga ulay boshlashdi. Oshiqbola bu orada ikkita jo‘rasi bilan go‘shangaga kirib, kelinga uzuk taqib chiqdi. Oyoq ostida o‘ralashayotgan bolalarni chalg‘itish uchun qadimiy urf-odat bo‘yicha ularning boshidan tanga sochdi. Vaqt allamahal bo‘lganda bazm tugab, kuyovnavkarlar otlarga minishdi, qator-qator aravalarning oldiga o‘tib tizilishdi. Egachilar kelinni yetaklab chiqib, ustiga so‘zanalar yopilgan sayvon aravaga o‘tqazishdi. Yana bir necha aravaga seplarni tugib olgan qiz-juvonlar joylashishdi. Arava-yu otlar karvon-karvon bo‘lib, qasr sari yo‘lga chiqdi. Lo‘pchik yoqib olgan kuyovnavkarlarning alyori atrofdagi qishloqlarga taralib, ba’zilar tomosha uchun yo‘l yoqasiga yugura boshladi. Chapani o‘spirinlar ikki-uch joyda, goh arqon tortib, goh xoda yotqizib yo‘lni to‘sishdi. Ular egachi qiz-ayollardan qiyiq, kashta tikilgan sochiq, loaqal gajimdor ro‘molcha undirgandan keyingina aravalarni o‘tkazib yuborishardi. Kuyovnavkarlar qasr yoniga yetib kelishib, ot va lo‘pchiklarni bolalarning qo‘liga tutqazishdi. Aravalar ravotning ro‘parasida to‘xtadi. Lo‘pchikli bolalar ularning atrofiga tizilib, yo‘lni yoritib turishdi. Oytumorga egachi bo‘lib olgan Achaxon talashib-tortishib Oshiqboladan husnpuli olgach, kelinni aravaning qirg‘og‘iga keltirib o‘tirgizdi, kuyov qallig‘ini ko‘tarib yerga tushirdi. Qiy-chuv tovushlarni ko‘mib yubormoqchiday chirmandalar ovozi yangradi. Sep-ziynat ko‘targan ayollar kelin va egachilarni qurshab ichkariga yo‘l olishdi, kuyovnavkarlar ularga ergashishdi. Meshpolvon hassa tayanganicha kuyovnavkarlar bilan maydonga yaqinlashib kelayotganda, chetroqdagi bo‘sh so‘ri yonida ivirsiyotgan daydi ko‘ppakni ko‘rib, yuragi laka-lak tepdi. So‘ri chetidagi tovoqda turgan pishirig‘lik son go‘shtini u ancha ilgari ko‘z tagiga olib qo‘ygandi. Bu udumga ko‘ra kuyovning yaqin jo‘ralari oldiga butunicha qo‘yilgan qo‘y go‘shtining ortib qolgan bo‘lagi edi. Ko‘ppak iskanganicha tovoqqa yaqinlashayotganidan Meshpolvonning battar kapalagi uchib, Rayhon qiziq bilan Chumakvoyning biqiniga turtdi. – Hoy, ko‘z bormi ikkalangda? – Nima gap? – To‘y rasvo bo‘ldi-ku. Anavi ko‘ppak go‘shtni hidlab, harom qilyapti. – Hamma vahima shungami, ukavoy? – dedi Rayhon qiziq. – Yeganda nima? – Kalla joyidami? Duch kelgan it besh qadoqdan go‘sht yeb ketaversa, biz ochdan o‘lmaymizmi? – Hay endi, hazilning joyi bor, jo‘ro, – dedi Chumakvoy. – O‘zi ikkalanggayam amal bermaslik kerak edi, tezda aynibsanlar, – deb jahllandi Meshpolvon. So‘ng tuyqus burni cho‘chchayib, do‘q urdi. – Buyuraman! Tuppakni ishga sol! Darveshtabiat qo‘mondon shu topda hazil qilmayotganini sezgan Chumakvoy zudlik bilan qo‘ynidagi tuppakni oldi, uni shoshilinch o‘qlab, bir puflashdayoq aniq nishonga urdi. Ko‘ppak g‘ingshiganicha potirlab qoldi, chap ko‘zini mushukyuvinish qilib yumdalashga tushdi. – Battar bo‘l, sakvachcha! – dedi Chumakvoy tuppakni qo‘yniga solayotib. – Kim bo‘psanki, Meshpalvon sendan ortganini yesa. Ammo, itning joni chandir deb bejiz aytishmagan, u tezda o‘zini o‘nglab, sog‘ ko‘zini yana go‘shtga olaytirdi. Endi Rayhon qiziq egnida vazirlik libosi borliginiyam paqqos esdan chiqarib, cho‘zmasini charsillatdi. Go‘shtga yetay deb turgan tumshug‘idan tosh yegan ko‘ppak angillab bir irg‘ishladi-yu, o‘zini gullarning ichiga urdi. Meshpolvon yengil nafas oldi. – E, rahmat-e! Qo‘llaring dard ko‘rmasin-e! Shu payt tepadan qiqir-qiqir tovush eshitilgandek bo‘ldi. Meshpolvon yuqoriga qarab, maydon chetidagi sadalardan birining shoxida g‘uj bo‘lib o‘tirgan tutinsimon bolakaylarni ko‘rdi. Nigohida piltasoch Hojixonajinani qidirib topgach, dili yanada charaqlab, lunji yoyildi. Hojixonajina ham har qachongidek chiroyli jilmayib, quvnoq ko‘z qisdi. Bu orada qizlar kelinni davra o‘rtasiga boshlab kirishdi, alamazon qilib yoqilgan gulxan tegrasida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling