Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
Qizqo‘rg‘onda yaralanib yiqilganda tizzasi ham qattiq shikastlangan Meshpolvon bigizli o‘qlovini 
hassa qilganicha, oqsoqlanib davraga yaqinlashdi. Hamma o‘rnidan turib uni shov-shuv bilan qarshi 
olgach, joyida g‘oz to‘xtalib, olomonga jilmayib boqdi. Bunday izzat-ikromga javoban biron-bir 
ma’ruza aytmasdan turaverishni yirik odobsizlik va ko‘rnamaklik deb tushundi. 
Mabodo Meshpolvon davradagi minglab odamlar orasida o‘nlab fozil-u donolar ham borligini 
hisobga olib, bu safar o‘zini bosiqroq tutishga urinsa yoki shoirona jimjimador so‘z aytib yuborsa, 
hech qachon Meshpolvon bo‘lolmasdi. U, dadasining pinjidan chiqib, oliftanamo tarzda bir qo‘lini 
yuqori ko‘tardi. 
– Bunaqa qilmanglar-da, qadrdonlar, – deya ichki mamnuniyat bilan qosh kerdi u. – Juda xijolat 
bo‘lyapman. Nima ish ko‘rsatibmanki, hadeb ta’zim qilaversanglar. Sepkilshohni majaqlagan bo‘lsam, 
bu ishda askarlarimniyam ancha-muncha hissasi bor. Ikkilamchidan, mundoq olib qaraganda, dev-u 
yalmog‘izlarni dabdala qilgan mendek odamga bitta poshshoni yengish ish bo‘ptimi? Sichqonni ezdim 
nima-yu, bu nima... 
Meshpolvonning haddan oshib borayotganini sezgan dadasi ustma-ust tomoq qirdi. Ma’ruza bir 
lahza bo‘linib, maydonga jimlik cho‘kdi. 
– Xullas, meni ortiqcha uyaltirmanglar, – dedi Meshpolvon dadasiga zimdan nazar tashlab. – 
Maslahatim shuki, xaloskor pahlavonlarga qulluq qilavergandan ko‘ra, o‘zlaring urushishni sal-pal 
o‘rganib olinglar. Sepkilshohga o‘xshaganlar ko‘p, menga o‘xshaganlar kam. Sizlarni har safar 
qutqarib ketaverishga vaqtimiz yetmasligi mumkin. 
– Meshpolvon to‘g‘ri aytyapti, – deb ovoz qildi davradagilardan biri. – Biz o‘zimiz landavurmiz, 
xomkallamiz. 
Yashasin, dovyurak Meshpolvon! – deb qichqirdi boshqa birov. – Pahlavonimizning botir 
askarlariyam qandini ursin! 
Meshpolvon qo‘lini qorniga bosib, olomonga iltifot bilan bosh qimirlatdi. 
– Rahmat sizlarga! Kam bo‘lmanglar! 
So‘ng: «Endi hammamiz tirikchilik qilamiz», deb davraga qarab yurdi, kelib Rayhon qiziq bilan 
Chumakvoyning orasiga suquldi. Dadasi qarshi tomondagi ko‘rpachaga o‘tib o‘tirdi. 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling