Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
75 zahoti eshakka aylanib, shartta orqasini o‘girdi. Hammaga ma’lumki, olamdagi eng xavfli hayvon – odamga teskari turgan eshak. U bir shataloq otib, jag‘imga tepdi. Jag‘imdagi manavi chandiqni ko‘ryapsizlarmi, qizlar? Tirik qolganimga qoyilmisiz? – Hartugur, o‘lmasangiz ham, hushdan ketgandirsiz? – Yo‘q, qizlar, kallamga o‘z vaqtida to‘g‘ri topshiriq berib, hushimni ketkizmadim. Belimdagi chilvirni oldim-u, uchini sirtmoq qilib, bir otishda eshakning oldingi oyog‘ini orqadagisiga chirmadim. Bo‘yniga tosh osib qo‘yganimdan keyin qilt etolmay qoldi. «Bugundan boshlab qulingman, askarlarimniyam senga berdim, meni qo‘yvor», deb elanishga tushdi. – Sheriklaringiz yoningizdamidi? – Yonimda desam ham bo‘laveradi. Harqalay, uzoqqa ketishmagan ekan. Qarasam, Oshiqbola minan Rayhon tog‘angiz terakning uchida o‘tirishibdi. Uyoq-buyoqqa ovoz qilganimdan keyin, Chumakvoy yumronqoziqning inidan emaklab chiqdi... Davraga oldiniga Oshiqbola, sal o‘tgach, Chumakvoy bilan Rayhon qiziq kelib qo‘shildi-yu, Meshpolvonning sarguzashtlariga bag‘ishlangan gurungdan fayz ketdi. Qo‘mondon birdan jiddiylashib, «endi g‘idi-bidisiz ovqatlanib olaylik», deb farmon qildi... E, bolasi tushmagurlar-a! Zap g‘alati kitobxonlarga uchradim-da. Boya aytuvdim-ku menga xalaqit bermay turinglar deb. Yana o‘sha ahvol – mana endi: «Meshpolvon olijanob maqsad bilan yo‘lga chiqqan bo‘lsa-yu, ovqatxo‘rligiyam mayli, lekin namuncha yolg‘onni ko‘p gapiradi?» – deb so‘rayapsiz. Insof bilan aytganda, ochofatlik ham, to‘qib so‘zlash ham bo‘lmag‘ur narsa. Ayniqsa, yolg‘onni hamma yomon ko‘radi. Ammo, aldoqchilikning atrofdagilar uchun xatarlisi bor, xatarsizi bor, ba’zilari zararli, ba’zilari bezarar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Meshpolvondan ortiqcha o‘pkalashimizning hojati yo‘q deb o‘ylayman. Qolaversa, o‘zingiz yuqorida aytganingizdek, uning maqsadi ezgu, yuragi toza. Aynan mana shu ikki narsa Meshpolvonning istarasini mengayam, sizgayam issiq ko‘rsatib, kamchiliklarini xaspo‘shlab turgan bo‘lsa, ajabmas... * * * Hojixonajina Sepkilshoh qasridan ancha kech qaytib, ko‘rgan-eshitganlarini davradagilarga kula- kula hikoya qilib berdi. Uning aytishiga qaraganda, ertangi jang rejasi uyoqda qolib, Sepkilshoh va arboblar lashkarboshini rosa qisuvga olishibdi. - Askarlarning ko‘zini lo‘q qilib, varrakda qochganing nimasi? – deya darg‘azab so‘rabdi Sepkilshoh. – Nega qocharkanman? Qochganim yo‘q! – Axa! Demak, shunchaki yallo qilib uchgansan. Bundan chiqdiki, saltanatimizga azaldan dushmansan, askarlarni ataylab yo‘ldan urgansan. – Varrak qani? Uni qaerga yashirding? – debdi qopgudek bo‘lib vazir. – Qanaqa varrak? Hech qanaqa varrakni bilmayman. Boshimni aylantirmanglar. Endi nozirlardan biri pismiqlanib gap qistiribdi: – Chunonchi varrakda uchmagan ekanlar, unda qanotlarini ko‘rsatsalar bir tabriklab qo‘yardik. – Podshohi a’zamdek oliy zot yerda turganlarida, lashkarboshiga osmonda balo bormi? – debdi ikkinchi nozir. Bu gapdan keyin Sepkilshoh yanada sergaklanib, jag‘i kaptiga yo‘rgaklanib, masalani ko‘ndalangiga burib yuboribdi: – Xo‘sh, qanaqa jazo beramiz bunga? – Qopga solib, daraxtga ilib qo‘yamiz, – debdi vazir. Nozirlar ham har xil takliflar kiritishibdi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling