Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
– Bizni tashlab qayoqqa ketyapsiz, xo‘jayin? – deb qichqirdi kimdir. 
Shundan keyin tevarakni shovqin-suron qopladi: 
– Lashkarboshimiz uchib yuribdi, hahov! 
– Qasrga qarab qochyapti xumpar! 
– Kattalar shunaqa, doim o‘zini o‘ylaydi. 
– Bizga ot yetishmaydi, xo‘jayinlarga hatto varrak topiladi. 
– Hov, mijg‘ovlar! Bosh omonligida qochvor endi! 
Sepkilshohning yana omadi ketdi. Qanchadan-qancha o‘lkani bo‘rondek paypaslab o‘tgan talonchi 
lashkari bir hovuch iprindiga bas kelolmay, uning ko‘zi oldida tum-taraqay bo‘lib qocha boshladi. 
* * * 
Bu kungi yutuq Meshpolvonning qo‘mondonlik shuhratini o‘n chandon oshirib yubordi. Jang 
tugagan zahotiyoq qizlar uni o‘rab olishib, jovur-juvur qilganlaricha, g‘alaba bilan qutlay ketishdi. 
– Bo‘ldi endi, qizlar, meni xijolat qilmanglar, – deya odatiga ko‘ra kamtarona maqtanishni boshladi 
u. – Men kallani ishlatib, to‘g‘ri buyruq berib turdim, xolos. Ko‘proq og‘irlik askarlarimga tushdi. 
Ulargayam rahmat-pahmat deb qo‘yinglar, bechoralar sal xursand bo‘lishsin, ertagayam yaxshiroq jang 
qilishsin. 
Sheriklari kiyim-boshini, cho‘zma-toshini tartibga keltirib, yuvinib-taranib, o‘ziga qaranib 
olgunicha Meshpolvon ancha mahal tilini vaqillatib, qizlarni laqillatib o‘tirdi. 
– Juda qiziq bo‘ldi-ku, – deb osmonga diqqat bilan tikildi u. – Qora papoqlilardan uchtasini tepaga 
otvorgan edim. Ikkitasi qaytib tushdi-yu, bittasidan haliyam darak yo‘q. Bulutga ilinib qoldimikan? 
– Oshiqbolayam zo‘r urishdi, – dedi qizlardan birovi. – Bunaqa qilichvoz dunyoda bitta, to‘g‘rimi? 
– To‘g‘ri! – deb kerildi Meshpolvon. – Bunaqasi ikkita bo‘lishi mumkinmas. Chunki, 
Oshiqboladan boshqa shogird chiqarmaganman. 
Bu gapdan keyin unga ustma-ust savol yog‘ilaverdi. 
– Voy, hali ustozi sizmisiz? 
– Bo‘lmasam-chi, ie! Go‘ro‘g‘li bobo uni to‘g‘ri Oltiariqqa boshlab borib, shu bolapaqirni menga 
odam qilib berasan, Meshpolvon, dedi. Avvaliga ko‘nmadim. Bunga sabab shuki, malla jodugarni yuz 
kunlik olishuvda yengib kelib, juda charchab turuvdim. Shunda Go‘ro‘g‘li bobo «er yuzida bor-yo‘g‘i 
ikkita pahlavon qolgan bo‘lsag-u, bir-birimizga mehr-oqibat shumi», deb zarda qildi. Qarasam, qirqta 
yigiti minan dunyoni oladigan zot mendan xafa bo‘lib ketadigan. Noiloj rozilik berdim. 
– Shunaqa usta bo‘lsangiz, nega o‘zingizda qilich yo‘q? 
– Qilich askarlarga beriladi. Qo‘mondonning quroli – o‘qlov. 
– Askarlaringiz bunchayam oz? 
– Kam bo‘lishsayam, bari o‘zimga o‘xshagan ustamon, hammasini pishiq qilib chiqarganman. 
Masalan, Rayhon tog‘alaringga cho‘zma otishni rosa uch yil o‘rgatdim. O‘zi bir landavur kishi edi, 
karvonsaroyning darvozasini sakkiz qadamdan zo‘rga urardi. Bir yildan keyin toshni odamga 
tekkizadigan bo‘ldi, ikkinchi yili kalladan mo‘ljal olishni o‘rgatdim, uchinchi yili burunga soladigan 
darajaga yetdi. Lekin, haliyam oz-moz xomligi bor, yonida aniq-ravshan buyruq berib turmasam, 
ba’zan burunni quloq bilan adashtirib qo‘yadi... Ha endi, Rayhon tog‘alaring hartugur esli-hushli 
odam, hammadan ham sayoq lo‘lini usta tuppakchi qilganimga qoyil denglar. 
Qizlardan biri qitmirona boqib so‘radi: 
– Shunday yuqori tabaqali odam nega cho‘loq eshakda yuribsiz? 
– Kap-katta qizdan chiqqan gapni qarang! – deb achchig‘landi Meshpolvon. – Menga o‘xshaganlar 
bor joyda sal o‘ylab gapirish kerak. Birlamchidan, paskash eshak qayoqda-yu, zotdor xachir qayoqda. 
Ikkilamchidan, bu dovyurak xachirimni Rustam-dostonning samanigayam almashtirmayman. Chunki, 
u qirq boshli ajdarho minan jang qilayotganimda yaralangan. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling