Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
68 Shakarobga bulab somsa, Sho‘rva ichdim o‘n to‘rt kosa, Endi nafsim o‘rtab rosa, Shu quloqni yegim keldi. Shirmon tursa savat-savat, Uraverdim qavat-qavat, Mana, oxir yetib navbat, Shu quloqni yegim keldi. To‘rt yuzta xom tuxum yutdim, Doshqozondan palov kutdim, Barining bahridan o‘tdim, Shu quloqni yegim keldi. Ellik paqir ichdim ayron, Butun qo‘yni qildim vayron, Bir ko‘rdim-u bo‘ldim hayron, Shu quloqni yegim keldi. Qurib ketsin pechak qandi, Jonga tegdi ko‘katmanti, Cho‘zing endi bo‘lib tanti, Shu quloqni yegim keldi. Bu gapdan keyin nozirning ko‘zlari qinidan chiqqudek bo‘lib: «E, hazilingni qo‘ysang-chi, o‘zi yuragim kasal, biron kor-hol bo‘lsa, tovonimni to‘lab yurmagin», deb qarshi javob qildi: Bilaman sen filtomoqni, Yeysan avval bir quloqni, So‘raysan so‘ng qo‘l-oyoqni, Hazil qilma, yurak chatoq. Tekinga yeb shuncha ovqat, Topmadingmi zarra rohat? Menga yetkazma jarohat, Hazil qilma, yurak chatoq. To‘y bo‘larmi to‘y uloqsiz? Tog‘ bo‘larmi tog‘ buloqsiz? Qanday yashay men quloqsiz? Hazil qilma, yurak chatoq. Boshingdagi sopol idish To‘lgunicha beray kumush, Buyurgin-u boshqa yumush, Hazil qilma, yurak chatoq. Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 69 Men o‘zimga yasab qafas, Ajdar bilan boylabman bahs, Qulog‘imga tegma, badnafs, Hazil qilma, yurak chatoq. O‘zining vaxshiyligiga ishona boshlagan Meshpolvonning battar tixirligi qo‘zib: «Quloqni yaxshilikcha ber deyapman!» – deya nozirga davara qildi. O‘takasi yorilayozgan nozir: «Voy dod, meni ho‘l balodan qutqaringlar», deb echkiemardek sudralganicha qocha boshladi. – To‘xta! – deb baqirdi Meshpolvon. – Baribir qulog‘ingni yeyman! Qorni gavdasiga besh baravar keladigan nozir keyingi o‘n yil ichida birinchi marta yordamchilarsiz o‘rnidan turib, o‘z oyog‘i bilan yugurishga kirishdi. Qora papoqlilar endi butunlay vahimaga tushib, lashkar orasida g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi. Bu parokandalikdan vaqtida foydalanib qolishga tirishgan Oshiqbola sheriklarini darhol jangga yetakladi. Pahlavonni behush qildi Meshpolvon, Ochofatni noxush qildi Meshpolvon, Dushmanlarni xomush qildi Meshpolvon, Garang yovni tirqiratib ur endi, Go‘ro‘g‘liga jondosh Oshiqbolasan, Ravshanbekka tandosh Oshiqbolasan, Kambag‘alga yondosh Oshiqbolasan, Qilichingni yirqiratib ur endi. Rayhon qiziq, to‘rt lochinning biri bo‘l, Do‘st suyangan tog‘ bo‘lmasang, qiri bo‘l, Dunyodagi cho‘zmabozlar piri bo‘l, Yov burnini zirqiratib ur endi. Chumakpolvon, jangda o‘zni sho‘x qilgin, Mard lo‘lining jahliga xos do‘q qilgin, Tuppagingga achchiq-achchiq o‘q qilgin, Ko‘zga puflab, chirqiratib ur endi. Qora papoqlilar to o‘zini o‘nglab ulgurguncha, maydonning bir tomoni yaradorga to‘lib ketdi. Oshiqbola Go‘ro‘g‘lizodaga loyiq ish qilib, qilichni yaltiroq nish qilib, G‘irotni dovuldek kishnatib, g‘animlarni tepib-tishlatib, o‘rtaga yorib kirdi. Rayhon qiziq bilan Chumakvoy esa cho‘zma-yu tuppakdan tinimsiz o‘q yog‘dirib, dushmanning esini og‘dirib, qilichini qinidan sug‘urolmay gangsib yurganlarni bitta-bitta qulatishaverdi. Oqsoq xachirini jilpanglatib, garchi hozir hech kim tovushini eshitmayotgan bo‘lsa-da, jonkuyarlik bilan: «Hov, Oshiqbola, qilichni qulochkashlab ur!.. Ko‘z ochirma, Chumakvoy!.. Cho‘zma to‘xtatmay ishlatilsin, burunlar pachoqlab tashlansin!» – deya sheriklariga aql o‘rgatib yurgan Meshpolvon xumordan chiqib jang qilolmadi. Tabiiyki, uning oldiga yaqinlashishga bironta dushmanning yuragi betlamayotgan edi. Ammo, sal fursat o‘tgach, ko‘p baribir ko‘pligini bildirdi. Asta-sekin es-hushini yig‘ib olgan qora papoqlilar to‘rttala jangarini uch tomondan qisib, tobora orqaga surib borishaverdi. Sal vaqtdan keyin ularni batamom o‘rab olib, yanchib tashlashlari turgan gap edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling