Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 Yeb bergin, deb qilsa talab, Turolmaymiz yerga qarab, Xalq talabin bajaramiz. Xalq – ko‘pchilik, xalq – hukmdor, Biz shunchaki bir amaldor, Desa ham: «Yeb, tog‘ni qo‘por!» Xalq talabin bajaramiz. Norin turar sepilib murch, Beshbarmog‘-u sutli guruch, Barin yemoq biz uchun burch, Xalq talabin bajaramiz. Ko‘pchilikka qarshi bormoq – Bilib turib boshni yormoq, Toki bizda sog‘dir tomoq, Xalq talabin bajaramiz. Ikki tarafda yutinib turganlar uchun tomosha boshlandi. Nozir o‘z odatiga ko‘ra, oldin suyuq ovqatlarni simirib, keyin quyig‘ini kemirishga o‘tdi. Meshpolvon ishni maydalab o‘tirmadi, tog‘oradagi qatiqqa sharbat-u qaymoq, murabbo-yu sarimsoq, mastava-yu nonpalla, yalma-yu atala, sho‘rkaram-u holva, qalampir-u tuppani aralashtirib, go‘shtni bulab uraverdi. Tog‘ora bo‘shagach, endi unga shilpildog‘-u qovurma, ugra-yu do‘lma, oqcho-yu boda, go‘shtkuydi-yu parmo‘da, shirgurich-u shavla, moshkichiri-yu moshxo‘rda, manpar-u bo‘g‘irsoq, chuchvara-yu qovurdoqni ag‘darib, ustiga non to‘g‘rab yedi. Allaqachon xiqichoq tuta boshlagan nozir ziyofatning to‘rtdan uch qismini gumdon qilishga erishgan damda Meshpolvonning dasturxoni yap-yalang bo‘ldi. Buni ko‘rib, nozirning ensasi qotdi, mo‘ltirab burun tortdi. Lekin burni yana piqillab, tomog‘i hiqillab, yegan ovqati jig‘ildoniga tizilib, ishtahasi buzilib tursa-da, tayyor poraning bir qismini qoldirib ketishga ko‘zi qiymay, matonat bilan kavshanishda davom etdi. Oxiri bir tishlam luqmani yutish uchun uch piyola choy ichmasa bo‘lmaydigan holga tushdi. Meshpolvon unga tilamchidek qo‘l uzatib: «Jon tog‘a, somsangizdan bittagina beri-i-ng», deb yalina boshlaganida, tengsiz raqibga yo‘liqqanini anglab, rangi bo‘zarib ketdi, «ke, olaver», dedi cho‘chinqirab boqib. Meshpolvon bu gapni «istaganingcha yeyaver» degan mazmunda tushundi, bir eshak hangrashichalik vaqt o‘tmay, ikkinchi dasturxonni ham tozalab qo‘ydi. Hech narsa qolmagach, hatto, choynakdagi shamaniyam qoqib yegan Meshpolvon og‘zini chapillatib turib: «Tog‘aginam, shunday katta quloqni nima qilasiz?» – deb so‘raganida, nozirning yuragi battardan po‘killadi, «buyam odamga bir husn-da», deya mung‘ayib javob qaytardi. – Erkak kishi chiroyli bo‘ldi nima-yu, bo‘lmadi nima? – dedi Meshpolvon. – Keling endi, shu quloqdan bittasini yeb ko‘raylik. Shu asno quloqqa qadalib tikilganicha, ko‘ngilning qulfini ochdi: Soch tagidan jalpanglanib, Chalpaknamo yalpanglanib, Ko‘z kuydirar shalpanglanib, Shu quloqni yegim keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling