Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 – Shu kampirgayam ko‘p achinishdi. Agar Meshpolvon tirik bo‘lsa, uni to‘ydiraman deb, qahatchilikda o‘zini o‘tdan-cho‘qqa urayotgandir, deyishdi. – Bundan chiqdi, enamniyam sog‘inishibdi. – Ko‘zlaring dadangnikiga o‘xshab ketarkan. – Ie, shunaqa degin? – deb quvondi Meshpolvon, so‘ng tutunsimon do‘stining parday yumshoq yelkasidan quchib, unga mehribon ishqalandi. – Rahmat senga, Hojixon. Ko‘nglimni ancha tinchitding, eng keraklisi – dadajonim minan onajonim tirik ekan, yarim armonim ketdi. Ularni zanjirdan bo‘shatsam, keyin menda armon qolmaydi, oshna. Hojixonajina nigohini oshnasiga qadab, uning g‘amgin ko‘zlaridan mana shu so‘zlarni o‘qidi: Chidash mumkin, jon o‘rtoq, Cho‘lda qaqrasa tomoq. Qanday chidaysan biroq, Ota-onang qiynalsa? Chidash mumkin, oshnajon, Kun oralab yesang non. Bo‘lar ammo dil vayron, Ota-onang qiynalsa. Chidash mumkin, ey jo‘ra, Bog‘da tegmasa g‘o‘ra. Xorsan undan ham ko‘ra, Ota-onang qiynalsa. Chidash mumkin, og‘ayni, Yetmay qolsa husayni. Kul bo‘lasan baayni, Ota-onang qiynalsa. Chidash mumkin, e do‘stim, Qo‘shning ovqat yesa jim. Yuraging og‘rir «chim-chim», Ota-onang qiynalsa. Chidash mumkin, birodar, Qanding olsa birov gar. Zindon bilan barobar, Ota-onang qiynalsa. Ajriqqa uzala tushib olgan Meshpolvon ota-onasi haqida uzoq-uzoq xayol surib yotmoqchi edi, haddan ziyod charchagani uchun ko‘p o‘tmay pishsho-pish uxlab qoldi. Bu kecha hatto tush ham ko‘rmadi... Yana tong ota boshladi. Istehkomdagilar barvaqt uyg‘onib, jang oldidan yaxshilab tamaddilanishdi. – Ikki yuzta askar qachon olamni olibdi? – deb chirandi Chumakvoy. – Yuztasiga mana o‘zim bakor turay. Rayhon qiziq ham past tushishni istamay: «Unda, qolgan yuztasi menga cho‘t bo‘ptimi?» – dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling