Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 Menga hadeb sasiyverma, Nima, sendan qarzim bormi? Yiqitmasdan lof urmagin, Musofir deb hovliqmagin, Nima, sendan qarzim bormi? Hammaga bir kelar davron, Sen qari, men yosh pahlavon, Nima, sendan qarzim bormi? Kim bo‘psanki, solsang qovoq, Menga kulmay, o‘zingga boq, Nima, sendan qarzim bormi? Indamasam, «bitsan» deysan, Bir musht ursang, uch musht yeysan, Nima, sendan qarzim bormi? Men ham aytay bir mazax so‘z: Og‘zingga – muz, burningga – tuz, Nima, sendan qarzim bormi? Ular raqibini o‘ziga o‘chakishtirish uchun taomiliga ko‘ra bir-birini masxaralab bo‘lib, bellashuvga hozirlanishdi. Meshpolvon qo‘ynidagi ilonlarini tirsagida turtib: «Chika! Puka! Tayyor turinglar!» – deb shivirlab qo‘ydi. So‘ngra raqibiga qarab: «Oldin seni sinab ko‘rishim kerak. Qani, yelkangdan bir ezay-chi, agar tizzalab qolmasang, kurashga yaraganing bo‘ladi», dedi. – Menga desa, bo‘ynimga hayinchalak solib uch, – deb tirjaydi Cho‘tir pahlavon. Meshpolvon oyoq kaftlarini tikkaytirib intilganidan keyingina raqibining yelkasiga zo‘rg‘a bo‘yi yetdi. Yeng ichidan o‘rmalab chiqqan ilonlar biri ikkinchisining dumiga chirmalib, Cho‘tir pahlavon- ning kelidek yo‘g‘on bo‘yniga o‘ralishdi, uni ayamay bo‘g‘a boshlashdi. Cho‘tir pahlavonning dami bo‘g‘ziga tiqildi, zum o‘tmay o‘q yegan ayiqdek gursillab behush yiqildi. Meshpolvon: «Ha-hayt!» deb qichqirganicha uni bosib tushdi. Ilonlar tezda egasining qo‘yniga kirib olishdi. Ellik qadamcha narida saf tortib turgan qora papoqli askarlar sarosimalanib qolishgan onda, istehkomdagilar Meshpolvonning g‘alabasidan quvonib, qiy-chuv bilan irg‘ishlay ketishdi. – Endi bizniyam shartimiz bor, – deya qora papoqlilar tomonga qichqirdi Meshpolvon. – Qahratoniyadagi manaman degan ochofat ovqat yeyishda men minan bahslashib ko‘rsin. Hamma joyda bo‘lganidek, bu mamlakatda ham ashaddiy poraxo‘r, yebto‘ymaslik bilan dong taratgan nozir bor edi. «Mana, pora», desangiz, qilichni ko‘ndalang yutardi. Tezda borib, uni topib kelishdi. O‘rtaga har biri bo‘yradek ikkita dasturxon yoyilib, turfa ne’matlarga to‘ldirib tashlandi. Labi kartmon, tishi ketmon, baq-baqaloq, shalpangquloq, burni it g‘ajigan chandirday, og‘zi to‘ytandirday, bag‘baqasi buklangan, qorni alohida aravaga yuklangan nozirni suyab kelishib, ziyofatning ro‘parasiga yonboshlatishdi. Meshpolvon narigi dasturxon qarshisiga o‘tirdi. – Marhamat, xo‘jayin, porani olsinlar, – deb nozirga ta’zim qilishdi qora papoqlilar. Nozir: «Ie, bular tekinmi hali? Mayli, ko‘pchilikning talabini inobatga olamiz», deb o‘z yurtining fuqarosiga sodiqligini shunday izhor qildi: Osh pishirsa o‘tin qalab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling