Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 Chambar ro‘mol o‘rashlari, Gajjagini burashlari, Cho‘chib-cho‘chib qarashlari Yuragimni chimchilagan... * * * Qizqo‘rg‘ondan qaytib kelishgandan keyin Oshiqbola yori sovg‘a qilgan ro‘molchaning mushk- anbarini hidlab, yuragi «pit-pit»lab, qo‘ziqorin pishirishga qaralashmasdan, birovning gapiga aralashmasdan yotaverdi. Sheriklari to‘rt six kabobdan birini unga tutishganda, hatto qayrilib boqmadi. – Uni birpas tinch qo‘yaylik, – dedi Meshpolvon. – Sho‘rlikning kabobiniyam men yeyman shekilli. Lekin ikki six kabob uning uchun ikki dona olcha yutishdek gap edi, ichga tortib ketgan qornini ma’yus silaganicha ajriqqa yonboshladi, bir necha hafta ilgari ko‘l bo‘yidagi dasturxondan tanavvul qilingan zodagoncha tansiq taomlar ko‘z oldiga kelib, shirin xayolga cho‘mdi. U, ayniqsa, nonni juda sog‘inib ketgandi. Shu asno, yaylovda qo‘y-mol boqib yurgan bolalarga o‘ychan tikilib yotarkan, qo‘qqisdan kallasiga ajoyib fikr kelib, shoshib o‘rnidan turdi. Bolalarga yaqinroq borib: «Filni ko‘rganmisizlar?» – deb so‘radi. «Eshitganmiz-u, ko‘rmaganmiz», deyishdi ular. Meshpolvon: «Bizda fil bor. Tomoqqa ilinadigan narsa olib kelganlarga uni ko‘rsatishim mumkin», deya bolalarni tomoshaga qiziqtirishga urindi: Yer yuzi keng, beta’rifdir, O‘ng mashrig‘-u chap mag‘ribdir. Bu dunyoda eng g‘aribdir Tirik filni ko‘rmaganlar. Garchi maymun qiziqchiroq, Oddiy itdan kichik biroq. Juda noshud, juda no‘noq Tirik filni ko‘rmaganlar. Derlar: «Qo‘tos zo‘r hayvondir», Bu gap «mish-mish» va yolg‘ondir. G‘irt savodsiz, g‘irt nodondir Tirik filni ko‘rmaganlar. Tomoshaga siz ilhaqsiz, Ko‘rsatilmas lekin haqsiz. O‘ta nochor, o‘ta baxtsiz Tirik filni ko‘rmaganlar. Buni eshitgan bolalar «qiyov-chiyov» qilib qishloqlari tomon yugurishdi, ko‘p o‘tmay boshqa sheriklarini ham ergashtirib, qaytib kelishdi. Non, pishloq, suzma, archayong‘oq, qoqbaliq, qiyom, mevaqoqi kabilar bir uyum bo‘ldi. Shundan keyin Meshpolvon ularni safga tizib, butazorda o‘tlab yurgan tuyaning yoniga yetaklab bordi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling