Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
– Sakrab o‘zin duldul qilar
Sayrab tilin bulbul qilar, 
Ishonchingni bir pul qilar, 
Yo‘lboshching ham so‘qir bo‘lsa. 
– Chiqib o‘zing guzar tomon
Boshla desang bozor tomon, 
Opkeladi mozor tomon, 
Yo‘lboshching ham so‘qir bo‘lsa. 
– Ichib olib xufya ko‘knor, 
Ko‘rsatadi o‘zin hushyor, 
Qilar oxir sarson-u xor 
Yo‘lboshching ham so‘qir bo‘lsa. 
– Qulayroqdir yo‘l-safarda 
Ergashmoqlik soqov-karga, 
Yiqilasan bir kun jarga 
Yo‘lboshching ham so‘qir bo‘lsa. 
– Og‘zingni yum ikkalang! – deb baqirib berdi yo‘lboshchi. – Senlarni shuncha yil boshlab yurib
biron marta adashtiruvdimmi? Men qolib, yo‘lda yotgan qandaydir jinniga ishonganlaring alam 
qilyapti. Suf senlarga! Qaysi biring mendan shubhalansang, etagimni qo‘yvor, men ketdim. 
Orqadagi so‘qirlar Chumakvoyning ovozi kelgan tomonga xiyol bosh burishib: «Hov, jinni, yaxshi 
qol. Xayr, jinni», deganlaricha yo‘lboshchining etagidan ushlab, manzil sari yurishda davom etishdi. 
Chumakvoy sergak tortib, boshini balandroq ko‘tardi. Sinchiklab kuzatsa, haqiqatan ham jar 
yoqasida yotishibdi, atrof keng dala. Jonholatda qichqirib, oyoqqa qalqdi. 
Oshiqbola bilan Rayhon qiziq cho‘chib uyg‘onishsaki, Chumakvoy kallasini changallaganicha 
dodlab turibdi. 
– O‘zi nima gap? – deb so‘radi Oshiqbola ko‘zlariga ishonmasdan atrofga alanglarkan. 
Rayhon qiziq esa tevarakka loqayd nazar solib chiqqach, bir esnab olib dedi: 
– Hech gap yo‘q. Chumak xumpar tushimizda baqirib yuribdi. 
Maysaga yonboshlab, endigina ko‘zi ilingan Meshpolvon yon-verida bo‘layotgan gaplarni elas-elas 
ilg‘agan kuyi garangsib do‘rilladi: 
– Och qoringa muncha to‘polon qilmasanglar? Ko‘rib turibsizlar-ku, jardan sog‘-salomat 
chiqvoldik. Oshnamga rahmat denglar. 
– Qanaqa oshno? – ko‘zlari o‘ynab so‘radi Chumakvoy. 
Meshpolvon tunda bo‘lib o‘tgan voqeani ularga tushuntirib berguncha quyosh ko‘tarilib, atrof 
nurafshonlanib ketdi. 
Oradan yana picha fursat o‘tgach, dalalar bo‘ylab chapanicha qo‘shiqning ohangi taraldi: 
Olma yedim baqalog‘idan, 
Gilos yedim chaqalog‘idan, 
Anjir yedim yapalog‘idan, 
Bog‘bon buvaning shapalog‘idan... 
Iblisjar qafasidan tasodifan omon chiqqan Meshpolvon o‘z askarlari bilan yurishda davom 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling