Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
picha o‘ng‘aysizlandi. 
– Ortiqcha ko‘ngilga olmanglar, – dedi u sheriklariga qiyalab. – Ilon afandilarni ertaga yana ovga 
jo‘nataman. Bundanam semizroq kalamushlarni tutib kelishadi. Keyin rosa maza qilamiz, to‘g‘rimi? 
Oshqozoniga ozgina iliqlik o‘rlab, Meshpolvon bu kecha hammadan oldin uxlab qoldi, xurragi 
Iblisjarning borliq kavak-kandiklariga yorib kira boshladi. Qorong‘uda u odamdan ko‘ra ko‘proq 
yertandirga o‘xshab ko‘rinardi. 
Yarim kechada kimdir uni chimchilayotgandek bo‘ldi. Ko‘zini ochiboq, bir sapchib tushdi. 
Chumakvoynikidan ham o‘siqroq pilta sochlari gajimdek hilpirayotgan to‘lpoqqina bola oppoq tutunga 
burkanganicha tepasida jilmayib turardi. 
– Kimsan o‘zing? – deya qaltirab so‘radi Meshpolvon. – Qayoqdan kepqolding? 
– Ie, namuncha qo‘rqasan? 
– Yaqinlashma menga! Qirq boshli ajdarhoni qiymachalpak qilganman. Sengayam chatoq bo‘ladi. 
– Iblisjar hoqonining evarasiman, menga bo‘yningni cho‘zma! 
Bu gapni eshitib Meshpolvonning battardan rangi oqarib ketdi: 
– Voy! Iblismisan hali? 
– Ajinaman. Otim Hojixonajina. 
Nomingni eshitib, xursand bo‘ldim. Bo‘pti endi, ketaver. 
Hojixonajina bu gapdan ranjib qovog‘ini soldi: 
– Nega meni haydayapsan? 
– Haydayotganim yo‘q. Ko‘rib turibman, yaxshi bola ekansan. 
Hojixonajina tezda o‘zgarib, yana avvalgidek jilmayib boqdi: 
– Menga o‘rtoq bo‘lmaysanmi? 
– E, qo‘ysang-chi, – dedi Meshpolvon kapalagi uchib. – Boshqa o‘rtoq qurib ketibdimi? Bir 
kunmas bir kun sal arazlatib qo‘ysam, meni urib ketasan. Keyin yo jag‘im qiyshayadi, yo g‘ilay bo‘p 
qolaman. 
So‘ng dilidagi taxmin-u shubhalarni tilida shunday izhor qildi: 
Men qo‘rqmayman jaridan, 
Hatto qovog‘aridan. 
Tursa lekin ajina
O‘tgim kelar naridan. 
Cho‘chimayman ilondan, 
Dumi gajak chayondan. 
Ajinaga tobim yo‘q, 
Yetib kelding qayondan? 
Titramayman baqadan, 
Arra tishli laqqadan. 
Dardim tutar, gap ketsa 
Ajinalar xalqidan. 
Tap tortmayman bo‘ridan, 
O‘rgimchakning to‘ridan. 
Qorong‘ida qo‘rqaman 
Ajina-yu mo‘ridan. 
Seskanmayman chaqmoqdan, 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling