Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
xushlanib iljaydi. Hofizlardek suzilib tomoq qirib olgach, ko‘k kamzulli qizga baqrayib tikilganicha 
«tappa-tupak, tappa-tupak», deya birpas og‘zida kuy chalib, so‘ng qo‘shiq aytishga kirishdi: 
Quvlamagin, anoryuzim, 
Men senga kerak bo‘laman. 
Do‘ltali saryog‘ingga xum, 
Suvingga chelak bo‘laman. 
Quloqqinangda baldog‘ing, 
Ko‘ylakkinangda qadog‘ing, 
Oyoqqinangda paypog‘ing, 
Nimchangga cho‘ntak bo‘laman. 
Zardangga men bezardaman
O‘zim romingga pardaman, 
Qand so‘rasang parvardaman, 
«Tuz» desang, sho‘rttak bo‘laman. 
Nonushtada dasturxoning, 
Choynak-piyola, qumg‘oning, 
Qatlama-yu patir noning
Chalpag-u pashmak bo‘laman. 
Terlaganingda soya-tol, 
Uxlaganingda par-poxol, 
Yig‘laganingda dasro‘mol, 
O‘ynasang g‘ijjak bo‘laman. 
Kosangda men yog‘och qoshiq, 
Yuzingni yuv, o‘zim sochiq, 
Darvozangga oshiq-moshiq, 
Ipingga g‘altak bo‘laman. 
Otangga yangi nosqovoq
Onangga chinni oshtovoq, 
Opangni sochiga taroq, 
Ukangga hushtak bo‘laman. 
Qaynagan sho‘rvadek toshib, 
Qir, tepadan o‘tdim shoshib, 
«Kel» desang obro‘yim oshib, 
Haydasang ermak bo‘laman. 
Yoqtirmadim uni-buni, 
Esim og‘ar ko‘rib seni, 
Bu turishimda bir kuni 
Qip-qizil tentak bo‘laman. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Kambag‘al-u tasqaraman, 
Hozircha sal masxaraman
Payti kelib o‘zgaraman – 
Dunyoga ertak bo‘laman. 
Bu qo‘shiqni eshitib, ko‘k kamzulli qiz parvo ham qilib qo‘ymadi. Meshpolvon: «Menga qarang, 
hov, yaxshi qiz...» deb qiypanglay boshlagan ediki, ho‘kizi yana xuruj qilib, uni suzib ag‘dardi. 
– Bas qil, kallavaram, – deya po‘stak ichidan do‘q urdi Oshiqbola. – Oytumor – shu qiz! 
Meshpolvon ham shivirlaganicha uni jerkib berdi: 
– Yaxshilikcha shunaqa desang o‘lasanmi? Suzaverib biqinni archvording-ku, duming uzilgur. 
Shundan keyin joyidan turib, ust-boshini qoqdi, Oytumorga ancha royishlanib boqdi. «Baribir seni 
gapirtirmasdan ketmayman, tovushingni eshitib, oshnam bir mazza qilsin», deb ichida tuginib qo‘ydi. 
Uni yayrab mazaxlayotgan qizlarning kulgisiga e’tibor bermay, Oytumorga ikkinchi qo‘shiqni ham 
bag‘ishlab yubordi: 
Keldim, mana, sovchi bo‘lib, 
Ho‘kizni boshlovchi bo‘lib. 
Iyya-iya, iyya-iya
Indamagan – bukri tuya. 
Sizni birov yaxshi ko‘rar, 
Ho‘kiz misol gangib yurar. 
Iyya-iya, iyya-iya, 
Indamagan – laylak uya. 
Ko‘p qiynamang, aytay sirin – 
Ho‘kizniyam joni shirin. 
Iyya-iya, iyya-iya, 
Indamagan – qozonkuya. 
Ko‘paysa sizdek pari qiz, 
Bu yaylovga to‘lar ho‘kiz. 
Iyya-iya, iyya-iya, 
Indamagan – qashqa biya. 
Oytumor bu safar ham pinagini buzmadi, osmondan ko‘zini uzmadi. Meshpolvonning achchig‘i 
qo‘zidi, ho‘kizning bo‘ynidagi chilvirni mahkamlayotgandek egilib turib: «Farosat bormi bu qizingda? 
Gapni yetkazib qo‘ysam ham, ho‘kizga sinchiklab qaramaydi-ya», deb Oshiqbolaga arzlandi. «Endi 
sen kuylayotgandek og‘zingni qimirlatib tur, ashulani men aytaman», dedi Oshiqbola. 
Bekach xotinning: «Omading yurishmadi-ku, po‘rdoqvoy», deya qizlarni kuldirgani Meshpolvonga 
qo‘l kelib: «Qizbola qaysar bo‘ladi, opaginam, hozir yuragiga tegadiganidan aytamiz», deb ho‘kizining 
biqiniga bir nuqib qo‘ydi. Oshiqbola, picha kalovlanguday bo‘lsa, endi tepki ham yeyishi 
mumkinligidan qo‘rqib, tezda qo‘shiqni boshladi. Meshpolvon ilhom bilan tebranib, po‘stak ichidan 
chiqayotgan ovozga mos ravishda og‘zini ochib-yopib turaverdi: 
Qizlargayam mardlik yaxshi, 
Surmali ko‘z dardlik yaxshi
Dangallik – «shart-shart»lik yaxshi, 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling