Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Chegov, ko‘ra, tovoqlar
Kuv, kelisop, o‘roqlar, 
Sham yoki jinchiroqlar, 
Qanday zamon keldiki
Paydo bo‘lsa qizbozor? 
Pullanadi pillaqurt, 
Sedana-yu tog‘kunjut, 
Achchiqtosh-u olmurut, 
Guluta
16
-yu echkisut, 
Qanday zamon keldiki, 
Paydo bo‘lsa qizbozor? 
Bozorda bor anqo don, 
Jodi, qirg‘ich, chuv, qopqon, 
Itbalig‘-u suvilon, 
Sotiladi hatto jon, 
Qanday zamon keldiki, 
Paydo bo‘lsa qizbozor? 
Sotishar soy ko‘prigin, 
Kirsovunning guprigin, 
Olmaxonning kiprigin, 
Amaldorning tuprigin, 
Qanday zamon keldiki, 
Paydo bo‘lsa qizbozor? 
Qilni savdo qilishar
Filni savdo qilishar, 
Dilni savdo qilishar, 
Tilni savdo qilishar, 
Qanday zamon keldiki, 
Paydo bo‘lsa qizbozor? 
Bukri chol ketgach, Oshiqbolaning yuragi hovliqib: «Hoy, birodarlar! Oytumor ham shu yerda 
bo‘lsa-ya», dedi. U Qizqo‘rg‘on sari yurmoqchi bo‘lgan edi, Rayhon qiziq yo‘lini to‘sdi. 
– O‘pkani bos, ukavoy, – deya o‘ychan soqol qashladi u. – Hozir qo‘rg‘onga yaqin borsang-u, 
Oytumor qizlarning orasida bo‘lib seni tanib qolsa, suyunganidan biron narsa deb yuboradi. Sirimiz 
ochilib, to‘rt yoqni askar bosadi. Chunki, Nahang o‘lponchi bizni to‘g‘rimizda ko‘pirtirib, 
Sepkilshohni cho‘chitib qo‘ygan. Bo‘lmasa, o‘shanda Iblisjar tarafga hiylagar kampir bilan lak-lak 
askarini yuborib o‘tirmasdi. 
– To‘g‘ri, – dedi Chumakvoy. – Biz hushyor ish qilaylik, dushman g‘aflatda yotsin. 
Oshiqbolaning shashti so‘nib, ikkilanganicha turib qoldi. Shunda Meshpolvon uning joniga ora 
kirib, zo‘r chora o‘ylab topganini aytdi. Yelkasiga ilib olgan ola terini Oshiqbolaning ustiga yopib, 
uyoq-buyog‘ini tikib-chatdi, archa tomiridan muguz, popukdor ishtonbog‘dan dum yasab, oshnasini bir 
zumda ho‘kiz qiyofasiga kiritdi. Belidagi chilvirni yechib, uning bo‘yniga bog‘lagach: «Hozir o‘tlatib 
16
Гулута – қийиққа тикиладиган кашта гулини чизишда ишлатиладиган кўкиш бўр. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling