Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
yurgandek bo‘lib Qizqo‘rg‘on yaqiniga boshlab boraman, sen po‘stakning teshigidan qizlarni tomosha 
qil. Oytumoring ularning orasida bo‘lsa, tanib olarsan. Lekin, ho‘kizligingni esingdan chiqarib, meni 
hijolat qilma», deb bir necha pand-nasihat aytdi: 
Shubha solib bizlarga
Ko‘p qarama qizlarga, 
Eslik, oposh ho‘kizim. 
Alanglamay jim yurgin, 
Chuchkurmasdan dim yurgin, 
Eslik, oposh ho‘kizim. 
Yuragimni xitlama, 
Chechak uzib hidlama
Eslik, oposh ho‘kizim. 
Chang qilvorma po‘stakni, 
Goh chaynab tur kurmakni, 
Eslik, oposh ho‘kizim. 
Kapalakka tashlanma, 
Chivin chaqsa qashlanma
Eslik, oposh ho‘kizim. 
Gapirib yo‘l so‘rama, 
«Oytumo-o-r!» deb mo‘vrama, 
Eslik, oposh ho‘kizim. 
Meshpolvon ho‘kizini o‘tlatayotgandek bo‘lib, asta-sekin qo‘rg‘on sari boraverdi. Yaylovdagi 
bolalar notanish podachiga zimdan o‘qrayib-o‘qrayib qarab qo‘yishardi. 
U hanuz bitta-bitta odimlaganicha qo‘rg‘on yoqalab ketayotganida, devor ustidagi nayzali 
soqchilardan biri: «Hov, sopolqalpoq, bor, nariroqda uymalan!» – deb o‘shqirib berdi. 
– Qo‘rg‘oningda kerilaverma, – dedi Meshpolvon, – Oltiariqdan o‘tib qolsang, tuyib qo‘yaman. 
Oltiariqni shu o‘ramdagi bironta qishloqcha deb tushungan soqchi aftini tirishtirganicha indamay 
yuz o‘girdi. 
Devor tepasida o‘tirgan qizlar boshiga chapya kiyib, pakana ho‘kizining chilvirini siltay-siltay 
o‘zlari tomon yaqinlashayotgan baqaloq podachiga qiziqsinib tikilishdi. Meshpolvon ularning 
qarshisiga yetgach: «Ha qizlar, ahvollar qalay?» – deb shang‘illadi. Kimni mayna qilishni bilmay 
zerikib yotgan qizlar: «Ahvol zo‘r. O‘zlaridan so‘rasak? Ho‘kizvoyniyam sog‘ligi yaxshimi?» – deya 
jovillay ketishdi. Faqat, chetroqda xomush o‘tirgan ko‘k kamzulli qiz gapga qo‘shilmay, ufqqa jim 
ko‘z qadab turaverdi. 
Shoyi-barqutga yasanib, tilla-kumushga bezanib, o‘rtada g‘ozdek qad kergan bekach xotin 
Meshpolvonga masxaraomuz ohangda: «Kelin ko‘rgani keldingmi? O‘zingga o‘xshagan po‘rdoqisidan 
tanlayver», degan edi, qizlar tipirchilab qiyqirishga tushishdi. Meshpolvon: «Menga anavi ko‘k 
kamzullisi yoqib qoldi, juda indamasidan ekan», deya taltayib gap boshlagan chog‘da ho‘kizi uni bir 
suzib, oyog‘ini osmondan qildi. Qizlar battar qiyqirib kulishdi. 
Meshpolvon o‘rnidan turib, «he, bo‘kib o‘lgur», deb ho‘kizning ketiga «gup» etkazib tepdi. Bekach 
xotin: «Shu qizni gapirtirolsang, senga besh ketamiz, po‘rdoqvoy», degandan keyin yana kayfiyati 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling