Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
etayotganini dunyoga e’lon qilmoqchidek, tobora balandroq ovozda kuylardi. 
* * * 
Ular sarson-u sargardon yura-yura, nomi betayin, atrofi serqayin, uylari katalak, tomlari kamalak 
qishloqqa duch kelishdi. Keng ko‘chaga yoyilib, burunlari havoga sayilib, g‘ishtin mo‘rilardan 
taralayotgan turfa xil taomlar isini simirib borishaverdi. Ayniqsa Meshpolvon har bir taomga solingan 
masalliqlarning turigacha aniq aytib beradigan darajada diqqat bilan hid olardi. 
Navbatdagi muyulishdan qayrilishayotganda, orqada qolgan Chumakvoy hovlilardan birining 
yonida tuyasini to‘xtatdi. Panjara-devor ortida barq urib o‘sgan shiringullarga bir zum mahliyo tikilib 
turgach, cho‘zg‘ilanib quyi egildi. Eng bo‘ychan shoxdagi gulga burnini bosib hidlay boshlagan ediki
nektar emayotgan asalari peshanasini jizillatib chaqib qochdi. Chumakvoy: «Oh, dono kallaginam!» – 
deganicha panjaraning ortiga ag‘darildi. Ariqchadagi loyqash tuproqdan bir siqim olib, peshanasiga 
bosdi, og‘riq tiyilishini kutib, «uh-uh»lab yotaverdi. 
Pichadan keyin sheriklari uni axtarib kelib qolishdi. Tuya panjara-devor yonida egasiz turganini 
ko‘rib, xavotirga tushishdi. 
– Arpaboshoqqa o‘xshagan bola edi, – deya achingan bo‘ldi Rayhon qiziq. – Bechorani chumolilar 
sudrab ketdimikan? 
– Agar yer yutgan bo‘lsa, tuyasi tashqarida qolmasdi, – dedi Oshiqbola. 
– Yo ishtonini ho‘l qipqo‘yib, chekkaroqda qurityaptimikan? 
– Balki o‘rdaklarga qalampir sotib yurgandir? 
Meshpolvon xachirining bo‘ynidan quchoqlab, yumalangudek alfozda pastga sirg‘andi. Yerga bus-
butun qo‘nib olganidan so‘ng: «Hey, Chumakvoy! Qaerdasan, lo‘liginam?» – deb tevarakka ovoz qila 
ketdi. 
Peshanasi ayvonsifat shishib, ko‘zlari xandonpistaga o‘xshab qolgan Chumakvoy bu tovushni 
eshitib, asta o‘rnidan turdi, betini tarvaytirganicha shiringullar orasidan bosh chiqardi. Meshpolvon uni 
tanimay: «Ho‘, oshna, tuppak ushlagan anqov lo‘lini ko‘rmadingmi?» – deb so‘ragan edi, u: 
«Ermaklashni senga ko‘rsatib qo‘yaman», deya panjaradan oshib o‘tib, yoqalashib ketdi. Oshiqbola 
bilan Rayhon qiziq tez ulovdan tushib, ularni ajratishga shoshilishdi. 
Shu mahal ustiga dasturxon yopilgan mistog‘arani o‘ng biqiniga tirab, belini chapga qiyshaytirgan 
yalangbosh kishi paydo bo‘lib: «Tekinga mushtlashguncha, talashib somsaxo‘rlik qilsanglar-chi», dedi. 
Bu so‘z qulog‘iga ilinishi bilanoq Meshpolvon sipo tortdi. Chumakvoyning yoqasini qo‘yib yuborib, 
yalangbosh kishiga yaqinlashdi. Unga cheksiz hurmat bilan ko‘z qadab: «Qanaqa somsani 
gapiryaptilar?» – deb so‘radi. 
– Bozorga somsa sotgani ketyapman, – dedi yalangbosh kishi. – Issig‘ida kepqoling, tugamasdan 
yeb qoling! 
Meshpolvon beixtiyor cho‘ntagini kavladi-yu, birdan manglayi tirishdi. 
– Sotgani ketyapman, deng? 
– Sotamiz! Pul sizdan, gul bizdan! 
– Yo‘q, biz somsa yemaymiz, – deya notavon qiyofada bosh tebratdi Meshpolvon. – Somsayam 
ovqatmi? 
Somsapaz: «Ie, bundan yaxshiroq taomning nomi nima ekan?» – deya jirillab, tog‘orasini yerga 
qo‘ydi, og‘iz ko‘pirtirib molining ta’rifini keltirishga tutindi: 
Yerni g‘uluv yaratdi, 
G‘uluvlar buv
15
yaratdi, 
15
Був – буғ. 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling