Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Yo‘lda hanuz davom etayotgan Kenja botirni avrash niyatida malla jodugar borliq hiylasini ishga 
solib ko‘ribdi, unga va’da qilmagan narsasi qolmabdi, ammo niyatiga yetolmabdi. Shundan keyin har 
xil xuruj va ig‘volar uyushtirib, uni maqsadidan chalg‘itishga urinibdi. Pahlavon yigit ozod qilmoqchi 
bo‘lgan o‘sha xalq ichidagi hasadgo‘y, anqov, ochko‘z, kirdil, molparast, manman, poraxo‘r, 
amalparast kabi rasvo bandalarning ko‘nglini ovlab, o‘ziga og‘diribdi, birini ayg‘oqchiga, birini johil 
zararkunandaga aylantiribdi, ularni Kenja botirga qarshi qayrabdi. 
Uning bu galgi niyati pahlavonni o‘z qabiladoshlariga o‘chakishtirish, qon-qardosh odamlarga bir-
birovining go‘shtini yedirish, ularni o‘zaro nizolar bilan ovora qilib qo‘yish ekan. 
Kenja botirning yo‘l-yo‘lakay qabiladoshlaridan ko‘rmagan jabri, tortmagan azobi qolmabdi. Biri 
menikidan chiroyliroq ekan, deb otini o‘g‘irlabdi, biri quyuqroq salom bermading, deb haqorat qilibdi, 
biri bekordan-bekorga ovqatini tortib olibdi, yana biri shevangga qaraganda eng isqirt urug‘dansan, 
deb hamiyatiga tegibdi, kimdir falon joyda menga oliftachilik qiluvding, deya nohaq qamchilab o‘tibdi, 
boshqasi och yotganini ko‘rib ham bir to‘g‘ram non berishga yaramabdi. Amaldorlar esa uni hech 
yerga sig‘dirmay, qayoqqa borsa quvg‘in qilishaveribdi. 
Bunday paytlarda Kenja botirning xo‘rligi kelib, beixtiyor xanjariga qo‘l yugurtar, malla jodugar 
uni gij-gijlab: «Ana, o‘sha aymoqlaring! Hali shularni deb kuyib yuribsanmi? Istasang, seni ularga 
hokim qilaman, izzat-nafsingga tekkanlardan qonguningcha qasos olasan. Doimo, hamma joyda 
aytganing aytgan bo‘ladi», deya kunbotardan so‘z qotarkan. 
Shu zahoti kunchiqardan otasining tovushi kelar ekan: 
– Jahlingni bos, bolam! Ishongan tog‘im bitta o‘zing qolding. Sen ham yanglishsang, hammasi 
tamom bo‘ladi. Boshingga tushayotgan ko‘rgiliklarga yurtdoshlaring emas, ularni shu ko‘yga solgan, 
shunday qilganlarni rag‘batlantirayotgan, boylikka ko‘mayotgan malla jodugar aybdor. 
Kenja botir har gal otasining nasihatiga quloq solib, tezda o‘zini bosib olarkan. 
Oxiri u malla jodugarning makoniga yetib borib, qattiq jang qilibdi, yovuzni yengib, asir olibdi. 
Shundan keyin nomi minglab-minglab tillarda doston bo‘lib, ulkan bir qabilaning eng suyukli 
qahramoniga aylanibdi. Malla jodugarning halokatidan so‘ng borliq farog‘atidan ajragan akalari esa ota 
oldida shuvityuz, el-yurtda sharmanda-yu sharmisor bo‘lishibdi... 
Obbo, kitobxonlarim-ey! Obbo, chug‘urchuqlar-ey! Oraga gap qo‘shib, ishimga yana xalaqit 
beryapsiz. Bu turishda fikrim chalg‘ib, kitobimning navbatdagi boblarini chalkashtirib tashlashim hech 
gapmas. Keyin, tanqidchi degan amakilaringiz meni u chig‘iriqdan bu chig‘iriqqa irg‘itib o‘ynashadi. 
Xo‘p, nimani so‘rayotuvdingiz? O‘sha chol ikki o‘g‘li hammaga sharmanda bo‘lganida 
achinmadimikan? Bundan oldin to‘ng‘ich yoki o‘rtancha farzandinikiga borib, mazza qilib yashasa 
bo‘lmasmidi? Kenja botir o‘lib ketishiyam mumkin edi-ku, otasi uni namuncha xatarga qistamasa? 
Shularga hayron bo‘lyapsizmi? 
Yanglishyapsiz. Ota-onangiz sizga qanchalar mehr qo‘yganini, sizdan hatto jonini ayamasligini 
bilasiz. O‘sha chol ham o‘z farzandlarini xuddi shunaqa suyub, e’zozlar edi. Ammo u juda dono 
bo‘lgani uchun el-yurtini ja’miki narsadan ortiq sevar, xalqining tinchi, Vatanining erkini barchasidan 
yuqori qo‘yar, tahqirlangan o‘lkada yashab, o‘zi ham, farzandlari ham hech qachon haqiqiy baxtni topa 
olmasligini yaxshi bilardi. Shu bois ayriliqqayam, farzand dog‘igayam, yolg‘izlik azobigayam chidadi. 
Aslida, hammadan ko‘p uqubatni cholning o‘zi tortdi. 
O‘sha davrlarda, o‘sha tahqirlangan o‘lkada bunaqa dono otalar juda kam bo‘lgan ekan. 
Endi qissamni davom ettiray, iloji boricha jim o‘tiringlar... 
Hojixonajina Meshpolvonning o‘ylanib qolganini ko‘rib, «Namuncha daming ichingga tushib 
ketdi?» – deb so‘radi. 
Iblisjar hoqonining evarasi deyarli beozor ekanini fahmlab yetgach, ko‘ngliga taskin qo‘ngan 
Meshpolvon bu savoldan keyin fikrini jamlab, burnini osmonga ko‘tardi: 
– Yolg‘ondakam shumshayganimga meni qo‘rqoq deb o‘ylayapsan shekilli? Indamasam, o‘zingcha 
katta ketib, har xil mazax gap aytvoryapsan. Boshni bir ishlatib ko‘rgin-a, senga o‘xshagan 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling