Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 churvaqilardan qo‘rqadigan bo‘lsam, malla jodugar minan urushgani borarmidim? Hojixonajina odatdagiday qiqirlab, uning bo‘ynidan quchdi: – Meni aldama! Malla jodugarni senmas, ertakdagi Kenja botir o‘ldirgan. Meshpolvon: «Malla jodugarlar egizak bo‘lishgan, sen qaysi birini aytyapsan?» – deb gap boshlaganda, Hojixonajina jarangdor kulib yubordi: – Judayam qiziqchi bola ekansan. Seni hoziroq ozod qilaman. Shunday dedi-yu, birdan quyunga aylanib, Meshpolvonni somonqopdek ko‘targanicha tobora balandlay boshladi, uni havoda obdan sayr qildirgach, jar yoqasidagi o‘tloqqa avaylab qo‘ndirdi. Yerga qo‘nib oliboq, «boshqalar-chi», deb so‘radi Meshpolvon. – Ozgina toqat qiptur, – dedi Hojixonajina. – Mening iltimosim bilan bobom ularni sehrlab qo‘ygan, buyoqqa uyg‘otmasdan olib chiqaman. Ertalab tomoshani ko‘rasan. – Xachirim-chi, xachirim? – Ulovlardan ham tashvishlanma. Ajina zotining odamlardan asosiy farqi shuki, biz ishni chala qilmaymiz. Hojixonajina va’dasini bajarib bo‘lgach, Meshpolvonning yelkasiga shapatilab dedi: – Endi vaqtinchaga xayrlashaylik. Hademay tong otadi. Kunduzi odamlarga ko‘rinolmayman, quyun bo‘lib yuraman xolos. * * * Sahargi namsaldan dildirab ko‘zini ochgan Chumakvoy bosh tomonida allaqanday «tikir-tikir» ovoz va qadamlar sharpasini eshitib, erinchoqlik bilan o‘girilib boqdi. Bir-birining etagidan ushlaganicha qatorlashib ketayotgan ko‘zi so‘qir uchta kishini ko‘rdi. Oldindagisi uzun hassasini yerga urib-urib, ehtiyotkorona odimlab borayotgandi. – Ie, buyoqqa qanday keldingiz, akajonlar? – deya uyqusirab gap tashladi Chumakvoy. – Bozorga ketyapmiz, – dedi so‘qirlarning yo‘lboshchisi. Chumakvoyning kulgisi qistadi: – Unda bozorga yetdingiz. Tag‘in o‘n qadam yuribsizki, xo‘rozqand do‘koni bor. Ko‘proq olib, yalab yotasiz. – Nimalar deb tontirayapsan, hov? – Demoqchimanki, oxirat kelguncha kalamushxo‘rlik qilib yursak ham bo‘ladi. Ko‘zimiz ochiq, lokigin jardan biz chiqolmadik. Hay, sizlarga yo‘l bo‘lsin endi? Orqadagi so‘qirlar: «Kimsan o‘zing? Qanaqa jarni gapiryapsan?» – deb javranib berishdi. Chumakvoy: «Bu yerni Iblisjar debdilar. Hammangizni quduqdagi toshbaqaga o‘xshatdim», degandan keyin, bu gal ikkovi yo‘lboshchiga dag‘daga qila ketdi. – Bizni qayoqqa boshlab kelding, masov? – Kecha aytuvdim, «ko‘knorini kamroq ichgin», deb. Padarginangga ming la’nat! Shu tariqa, biri olib-biri qo‘yib, yo‘lboshchini qarg‘ab-qoralayverishdi: – Yetmagandek so‘qirliging, Azal manglayi sho‘rliging, Kelar ekan ja xo‘rliging, Yo‘lboshching ham so‘qir bo‘lsa. – Etagidan ushlagaysan, Beg‘am ko‘ngil xushlagaysan, Oxir boshni mushtlagaysan, Yo‘lboshching ham so‘qir bo‘lsa. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling