Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc
Download 411.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Meshpolvonning janglari. ekituz
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 Xiyonatni oqlab bo‘lmas. Yig‘loqlikni oqlash mumkin, Qo‘rqoqlikni oqlash mumkin, Xiyonatni oqlab bo‘lmas... – Yo‘q, bunisi bizga to‘g‘ri kelmas ekan, – deya Hojixonajinaga tundlandi Meshpolvon. – Gapingga kirsam, keyin yomon izza bo‘larkanman. Lekin, betingga to‘g‘risini aytib qo‘yay, bizni yeyman, deb yaxshi ish qilmayapsan. Jig‘ildon qurg‘urning gapiga kiraverma. Aslida Meshpolvonning enasi ana shu keyingi jumlani uning o‘ziga nisbatan ko‘p marta ishlatgan edi. Hojixonajina tishini vahimali g‘ijirlatib, ko‘zlarini olaytirganicha so‘radi: – Shu gap gapmi? – Shu gap gap, – dedi Meshpolvon. – Keyin attang qilmaysanmi? – Yo‘q. – Seni hoziroq yeyaveraymi? – O‘zing bilasan. Hojixonajinaning jussasi pufakdek tez kattalasha bordi. Bo‘yi mirzaterakdek, har bir tishi kurakdek, ko‘zi aravaning g‘ildiragidek, tovushi bahorning momaguldiragidek bo‘lib, Meshpolvonning tepasida ajdarday aylana boshladi. Oxiri o‘ranusxa og‘zini katta ochib, «eyma-a-a-n», deya pastga sho‘ng‘idi. Meshpolvon ko‘zlarini chirt yumib olib, dir-dir titraganicha jim turaverdi. Boshining ustida allanarsa shuvillab aylanayotgan pallada ham miq etmadi. Birdan hammayoq jimjit bo‘lib qoldi. «Allaqachon oshqozonga borib tushdim shekilli, – deb o‘yladi Meshpolvon. – Xayriyatki, chaynab o‘tirmadi». Uning qulog‘i ostida qiqir-qiqir tovush eshitildi. Yuragi dov berib-bermay sekin ko‘zini ochsa, o‘sha piltasoch bola qarshisida yana muloyim jilmayib turibdi. – Seni ko‘pdan beri kuzatib yuruvdim, – dedi u Meshpolvonga. – Ovqatga o‘chligingga qaramay, Mingpodadagi gadoydan boringni ayamading, ochiqqo‘llik qilding. Bildimki, rahmdil ekansan. Mutal- maynavoz qanchalar jig‘ingga tegmasin, qanchalar xo‘rliging kelgan bo‘lsa ham, asosiy maqsadingdan chalg‘imay, yo‘lda davom etding. Chidamli bola ekansan. Mana, bugun do‘stlaringni sotmading, o‘rtoqlikni hech narsaga almashtirmading. Oriyating, vijdoning bor ekan. Sendan juda xursand bo‘ldim, Meshpolvon. Bobomning aytishiga qaraganda, yer yuzi shafqatlilar, sabr-bardoshlilar, insoflilar uchun yaratilgan ekan. Bundaylar kamayib ketsa, mana shu olam ham, uning hamma mavjudot-u mo‘‘jizalari ham oxiri kuyib kul bo‘larkan. – Hazillashib, «bo‘pti» devorganimda nima qilarding? – deb so‘radi Meshpolvon. – Ajinalar hazilni tushunishadimi o‘zi? – Hamma narsaniyam o‘rni bor. Ikkidan birini tanlash kerak bo‘lib qolganda oraga hazil sig‘maydi. Agar yo‘ldoshlaringdan tonganingda, seni kechasi bilan qo‘rqitib qiynab chiqardim. Bir umr shu yerda qolib ketarding. Eng yomoni – o‘lguningcha sharmandalikda yasharding, juda og‘ir jazoga duchor bo‘larding: el-yurtga sharmandamisan, ota-onang oldida sharmandamisan, o‘zingga o‘zing sharmandamisan, buning hech qanday farqi yo‘q, bir xil azob tortaverasan. Hojixonajinaning so‘zlarini eshitib, enasi aytib bergan bir ertak beixtiyor Meshpolvonning yodiga tushdi... Malla jodugar bo‘lgan ekan. U Buxoro-yu Xorazmni tilsimlab olib, odamlarni yomon ahvolga solib qo‘yibdi. Bu elatlardagi boylig-u noz-ne’matlarning yuzdan to‘qson to‘qqiz qismi uning jig‘ildonini moylashga ketarkan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling