Microsoft Word anvar obidjon meshpolvonning janglari lotin ziyouz com doc


Download 411.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/87
Sana18.02.2023
Hajmi411.15 Kb.
#1211230
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87
Bog'liq
Meshpolvonning janglari. ekituz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Nega yemas ekanman, yeyman! – tuyqus jonlanib, o‘rnidan turdi Meshpolvon. – Sen-chi? 
O‘zingnikidan o‘tmaydimi? 
– O‘tmaydi, jo‘ro, – deya yana ma’yus shivirladi Chumakvoy. 
– Unda baloni yegin! Sen yemasang, mana biz yeymiz. To‘g‘rimi, og‘aynilar? 
– Men ham yemayman, – dedi Oshiqbola. 
Mengayam ketmaydi, – dedi Rayhon qiziq. 
Kutilmaganda Meshpolvonning shashti pasayib, belbog‘idan sug‘urgan daskallasini jahl bilan 
chetga otdi, sheriklariga araz-duraz aralash tikilib, tegralarida bir karra aylanib chiqdi. 
– Unaqa bo‘lsa, meni yenglar, – dedi u kesatib. – O‘ng qo‘lim Chumakvoyga, chapi Go‘ro‘g‘li 
boboning chevarasiga. – So‘ng Rayhon qiziqqa qadalib ko‘z tikdi. – Yumshoqqina biqinimni o‘zlari 
g‘ajisinlar. 
Rayhon qiziq unga bir qarab qo‘yib, indamay o‘rnidan turdi, yerda yotgan daskallani olib, o‘tlab 
yurgan qo‘chqorga yaqinlashdi. Borib, asta shoxidan ushladi. Odatda betinim irg‘ishlab cholning 
g‘ashiga tegadigan qo‘chqor bu safar yuvosh odimlab, egasi yetaklagan tomonga yurdi. Chol uning 
bo‘ynini eski chuqurchaga to‘g‘rilab yotqizayotganda ham tipirchilamay turaverdi. 
Rayhon qiziq qadrdon qo‘chqorining do‘ngalak peshanasini silaganicha unga birpas termilib qoldi. 
Jonivorning ko‘zlari ham xiyol yoshlangandek edi. 
Meshpolvonning eti jimirlab ketdi. Chol qo‘chqorni silashdan to‘xtab, shoxidan mahkam 
ushlaganicha daskallani zarbaga shaylayotgan damda, u qattiq seskanib, «To‘xtang!» deb qichqirdi. 
Chol bu qichqiriqni eshitgan bo‘lsa ham, parvo qilib o‘tirmay, ko‘zini chirt yumganicha «Ix!» deya 
zarb bilan daskallani urdi. Ammo, daskalla qandaydir narsaga taraqlab tegdi-yu, qo‘lidan uchib ketdi. 
Ko‘zini ochib qarasa, Meshpolvon tilingan bilagini og‘zida «kux-kux»lab turibdi, uning afsonaviy 
qozonqopqog‘i esa yerda pachoqlanib yotibdi. 
Rayhon qiziq shoshib kelib, uning bilagiga lab bosdi, yarasidan jarohat zahrini so‘rib tashlay 
boshladi. So‘ng: «Meshpolvon! Sen baribir yaxshisan! Juda yaxshi bolasan, Meshpolvon!» – deya 
uning bo‘ynidan quchib, yuzidan «cho‘lp-cho‘lp» o‘pishga tushdi. 
Xuddi shu lahzada kimdir Meshpolvonning boldirini qashlayotgandek tuyuldi. U hayron bo‘lib 
ortga o‘girildi. Eti qalt-qalt titrayotgan qo‘chqor erkalanganicha unga suykanayotgan ekan. Bu unga 
cholning tashakkuridan ham ko‘proq huzur bag‘ishladi. 
Shu voqeadan keyin Meshpolvonning kayfiyati ochilib, o‘z-o‘zidan ruhi ko‘tarilib ketdi. Ochligi 
esidan chiqqandek bo‘lib, tanasiga yangi quvvat quyildi. Endi sheriklari bilan ham gapi qovusha 
boshladi, avvalgidek quvnoq va xotirjam qiyofaga kirdi. 
* * * 
Oqshom qo‘nayotganda nogahon Chika bilan Puka paydo bo‘ldi. Ular bo‘g‘ib o‘ldirilgan semiz 
kalamushni dumidan tortib sudrab kelishardi. 
Hayal o‘tmay kalamushning tash-ichi tozalanib, Chumakvoy chaqmoqtosh yordamida yoqqan 
o‘tda kabobga aylantirildi. Taom o‘rtaga qo‘yilgach, benihoyat och bo‘lishlariga qaramay, luqmaga 
qo‘l uzatishga hech kimning ko‘ngli chopmadi. 
– Qani, boshlang endi, otaxon, – deya Rayhon qiziqqa iltifot ko‘rsatdi Oshiqbola. 
– Mayli, men ming marta roziman, – dedi Rayhon qiziq. – Kichiklardan bo‘la qolsin. 
Chumakvoy odob bilan qo‘lini ko‘krakka bosdi: 
– Yoshga qarab ish qilaylik. 
– O‘zi bir isqirt kalamush bo‘lsa, shungayam mulozamatmi? 
Meshpolvon shunday dedi-yu, butun boshli luqmani olib, bafurja og‘ziga tashladi, bir-ikki yamlab, 
yutib yubordi. 
Masallig‘ jig‘ildondan o‘tib bo‘lgach, boshqalar labi shilpillaganicha noumid qolganini ko‘rib, 


Anvar Obidjon. Meshpolvonning janglari (qissa) 

Download 411.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling